1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
5 - Laboratoriya ishi.
Gruntni tabiiy namligini aniqlash. Gruntni tabiiy namligi deb - grunt namunasi tarkibidagi namlikni (suvni) og’irligini uni mineral donachalarini quriq xoldagi og’irligiga nisbatiga aytiladi va foiz bilan o’lchanadi. Maqsadi: SHu mavzu bo’yicha talabalarni mahruzada olgan bilimlarini mustaxkamlash, tabiiy xolda yotgan gruntlarni tarkibidagi namlikni (suvni) aniqlashda bajariladigan tajriba usullarini talabalarga singdirishdir. Amaliy axamiyati: Zamin gruntlarining namlik ko’rsatgichlarini bilish - uni zaminda kanday namlik xolatida yotganligini, qovushqoqlik (konsistentsiya) ko’rsatgichlarini, ularni chegaralarini aniq o’rnatish, qovushqoqligiga ko’ra, kanday xolatda turganligi, mineral donalari skletini xajmiy og’irligi, g’ovakdorligi, g’ovakdorlik koeffitsienti, namlik darajasi, to’la suv shimuvchanligi va boshqa xisobiy ko’rsatgichlarni aniqlashga imkon beradi. Vazifasi: Gruntlardan namuna olish, quritish, namlikni aniqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlashdagi texnologik jarayonni talabalarga o’rgatishdir. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar: 1. Byuks - 3 dona 2. Torozi toshlari bilan 3. Quritish shkafi 4. Grunt 5. Soat Rasm 5.1. Byukslar. Ishni borishi: 1. Byukslardan 3 tasini kopqogi bilan filtr qog’ozlarida quritilib, tozalab artiladi, (rasm 5.1) doimiy og’irligiga nisbatan 0,01 gk aniqlikda tortiladi (Q1 ) ularni rakamli belgilariga mos, og’irliklarini 5-jadvalga yoziladi. 2. Xajmiy og’irlik aniqlangan kolg’tsodagi grunt namunasidan 25-50 gk miqdorda grunt namunasini byukslarga solinadi. 3. Byukslarni kopqogi, ichidagi grunti bilan yuqoridagi aniqlikda tortiladi (Q2,) va raqamli belgilariga mos ularni umumiy og’irligini 5-jadvalga yoziladi. 4. Byukslarni quritish shkafiga (termostatga) qopqogini ochib qo’yiladi va 105S xaroratda bir sutka davomida quritiladi. Kurigan gruntli byukslarni mahlum davrga, xavodagi namlikni yutadigan kalg’tsiy-xlorli berk idishda (eksikatorda) navbatdagi mashg’ulotgacha saqlash mumkin. 5. Qurigan gruntli byukslarni qopqog’ini xar qaysisini o’zinikini o’ziga berkitib, ularni yuqoridagi aniqlik darajasidi tortiladi ( Q3 ) va 5-jadvalga raqamli belgilariga mos xolda yoziladi. 6. Grunt namunasi tarkibidagi tabiiy namni 5-jadvalda keltirilgan ifodalar orqali xisoblanadi, aniqlikgi 0,1 foizgacha olinadi. 7. Uchta byuksdan olingan natijalarni o’rtachasi xisoblanadi va uni mazkur grunt uchun tajribaviy natija deb qabul qilinadi. Gruntni mutloq quruq xoldagi og’irligi Q0 = Q3 - Q1, gk Gruntdagi tabiiy namni miqdori Q4 = Q3 - Q2, gk Gruntdagi tabiiy namligi kuyidag ifodadan xisoblanadi W = (Q4 / Q0 ) 100% Tabiiy namlik uch marta takrorlanib aniqlanib o’rtachasi olinadi. 5-jadval Tajriba natijalari.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling