1 лаборатория иши


Download 0.95 Mb.
bet3/21
Sana10.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1697076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
грунт.мех.лаб.лотин (2)

1 - Laboratoriya ishi.


Gruntning tabiiy zichligini aniqlash (qirquvchi kolg’tso usulida).

Gruntning tabiiy zichligi 0 deb - uning tabiiy xoldagi (namligi bilan) og’irligini, xajmiga (g’ovaklari bilan) bo’lgan nisbatiga aytiladi, gk/sm3 bilan o’lchanadi.




Maqsadi:
Fanni gruntlarni fizik xossalari qismida berilgan nazariy bilimlarni, aniq injenerlik tajribalarini o’tkazishga tadbiq qilishni, undagi texnologik jarayonlarini o’rganishni, tajriba natijalarini taxlil qilishni talabalarga singdirib bilim sifat ko’rsatgichini yuqori qilishdir.


Amaliy axamiyati:
Tabiiy zichlik - gruntni og’irligini, zaminida xosil bo’ladigan zuriqishlarni, gruntni tabiiy bosimini, mustaxkamlikligini, yuk ko’tarishini, turg’unligini, tirgak devorlarga bosimi va boshqa xisobiy kursatgichlarini aniqlashga imkon beradi.


Vazifasi:
Gruntni tabiiy zichligini «kirquvchi kolg’tso usulida» aniqlash, monolitlar olish, tajriba sinoviga tayyorlash, ish bo’yicha zarur asbob-uskunalarni saralash, ish bo’yicha mehyoriy xujatlar, KMK va standartlari talablarini talabalarga o’rgatishdir.


Zaruriy asbob uskunalar va materiallar:
1. Grunt monoliti.
Monolit deb xar-xil shaklda qirqib olingan tabiiy strukturasi buzilmagan va namligi saqlangan grunt bo’lagiga aytiladi.
2. Kolg’tso, osti o’tkirlangan, usti buramali taqma. Rasm 1.1
3. Pichoq.
4. Oynak.
5. Tarozi, toshlari bilan.
6. Tekislagich.
7. Parafin
8. Parafinni eritish uchun temir idish.



пичок

Rasm 1.1. Kolg’tsoni gruntga botirilishi.


Ishni borishi:
1. Kolg’tsoni raqamli belgisi, xajmi, og’irligini aniqlab 1-jadvalga yoziladi.
2. Temir qutidagi, parafin bilan qoplangan grunt monolitini usti pichoq bilan parafin qoplamasidan tozalanadi va tekislanadi.
3. Bir tomoniga o’tkirlangan taqma o’rnatilgan kolhtsoni tozalangan grunt yuzasini o’rtasiga yoki ochilgan zamin gruntiga qo’yiladi. O’tkirlangan taqma, kolhtsoga maxkam burab qotirilmaydi, u 1/4 qismga burab qo’yiladi. (Rasm 1.1) Kolg’tsoni bosib gruntga 3-4 mm botiriladi (kolhtso qiyshaymasligi zarur).
4. Taqmani gruntga botirilishidagi ishqalanish kuchini kamaytirish uchun, uni tashqiy tomonidagi gruntni, pichoq bilan qirqib tozalanadi.( Rasm 1.1a.)
5. Yana yangi bosim berilib, kolg’tsoni monolitga 3-4 mm botiriladi va 4 banddagi ish qaytariladi, shu jarayon kolg’tsodan grunt 1-2 mm o’sib chiqqangacha takrorlanadi( rasm 1.1b.).
6. Kolg’tso ostidagi grunt konussimon qirqiladi va monolitdan (zamindan) ajratiladi.
7. “Konus” kesilib olib va kolg’tso o’tkir taqma tomoni bilan oynak ustiga tikka qilib qo’yiladi.
8. Kolg’tsodan chiqib turgan gruntni yuzasi, kolg’tso qirg’ogiga teng qilib kirqib tashlanadi. Gruntni qirqib tozalash kolg’tso o’rtasidan chekkasiga perimetriga (kirg’oklariga) karab pichoqni xarakatlantirish bilan bajariladi.
Tekislagich bilan kolg’tso yuzasi tekislanadi, tekislagichni kolg’tso yuzasiga perpendikulyar kilib ushlanadi va asta-sakinlik bilan tekislash bajariladi.
Ayrim xollarda grunt zarralari o’yilib chiqib ketsa uni o’rni to’ldiriladi. Bunda to’ldirilgan yuzani bosilmaydi.
9. Kolg’tsoni tozalangan tomoniga oynakni qo’yilib, uni to’ntariladi va asta-sekin burama xolda o’rnatilgan taqma kolg’tso pichogidan bo
’shatilib olinadi, chiqib turgan gruntni tozalab, tekkislash 8 bandda ko’rsatilgandek bajariladi
10. Kolg’tsoni rezbasi yopishib kolgan grunt zarralaridan yaxshilab tozalanadi, xamda kolhtso grunt bilan torozida (0,01 gk aniqlikgacha) tortiladi.
Gruntni tabiiy zichligi 1,62,0 gk/sm3 oralig’ida bo’ladi, uning qiymatlarini ortishi zichligiga va namligiga bog’liqdir.
Tabiiy zichlikni xisoblashda 0,01 gk/sm3 aniqlikda bajariladi; olingan natijalarni 1-j advalga kiritiladi.
Kolhtsoni xajmi V = 49,24 sm3
1 –jadval
Tajriba natijalari.



Kolg’tsoni xajmi V, sm3

Kolg’tso og’irligi Q1, gk

Kolg’tsoni grunt bilan og’ir-ligi Q2, gk

Gruntni og’irligi gs,
Q2 - Q1=Q

Tabiiy zichligi
0=Q/V gs/sm3

1











2











3











o’rtachasi












Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling