1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
2 - Laboratoriya ishi.
Noto’g’ri geometrik shakilli grunt namunasini tabiiy zichligini aniqlash (parafinlash usuli) Bu usul namunaning xajmini aniqlashda idishdagi suyuklikni siqib chiqarishga asoslangan bo’lib, xajim o’lchagich yoki gidrostatik torozidan foydalaniladi. Maqsadi: SHu mavzu bo’yicha nazariy bilimlarni mustaxkamlash, noto’g’ri geometrik shakilli, donalari yopishgan gruntni, yoki yengil ukalanib (quyqalanib) ketidigan gruntlarni tabiiy zichligini, ularni strukturalarini buzmasdan, namligini o’zgartirmasdan aniqlash tajriba usulini o’rgatib talabalar bilimlarini chuqurlashtirishdir. Amaliy axamiyati: Tabiiy zichlik - gruntni og’irligini, zaminida xosil bo’ladigan zuriqishlarni, gruntni tabiiy bosimini, mustaxkamlikligini, yuk ko’tarishini, turg’unligini, tirgak devorlarga bosimi va boshqa xisobiy kursatgichlarini aniqlashga imkon beradi. Vazifasi: Qurilish amaliyotida ko’p xollarda, noto’g’ri geometrik shakildagi gruntlarni tabiiy zichligini aniqlash zarur bo’ladi, shunday xollarda mutaxassislar qanday ishlarni bajarishi kerakligi, unda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va mehyoriy xujatlarni o’rgatishdir. Zaruriy asbob uskunalar va materiallar: 1. Grunt namunasi. 2. Parafin; eritish uchun idishi bilan 3. Spirtli isitgich 4. Torozi yoki gidrostatik torozi toshlari bilan 5. Pichoq, metall igna yoki plastina. 6. Ip. 7. Xajim o’lchagich tsilindrsmon 8. Suv, maxsus belgili (gradatsiyalangan) idish. Rasm 2.1. Babakov namunasi. Ishni borishi: 1. Noto’g’ri geometrik shakldagi xajmi 30 sm3 dan kam bo’lmagan grunt namunasini olib, pichoq bilan yon tomonlarini oxista tozalanadi, yuzasi deyarli siliklanadi va uni og’irligi aniqlanadi Q, Gk. Rasm 2.2. TSilndrsimon xajm o’lchagich . 2. Parafinni 600S gacha qizdirib eritib, namunani xar tomon yuzasini botiriladi, namunani xamma sirti yupqa parafin pardasi bilan qoplanadi. 3. Parafin pardasi qotgach, namuna ko’zdan kechiriladi, parafin pardasidagi pufakchalar, yoriqlar, darz ketgan joylari aniqlanadi (agar shunday nuqsonlar bo’lsa). Ularni ustidan qizigan metall tayoqchasi yoki plastinasini yurgizib nuqsonlar ketkaziladi. Bundan keyin grunt namunasi ikkinchi suyuq parafin pardasi bilan qoplanib, qurigandan keyin pishiq ip bilan bog’lanadi. Parafinlangan grunt namunasini tortilib og’irligi aniqlanadi (Q2, gk). Parafin og’irligini aniqlanadi: QP = Q2 - Q1 , gk Parafin xajmini aniqlanadi: VP = QP / 0,9 sm3 Bu yerda P = 0,9 gk/sm3 - parafin zichligi Parafinlangan namuna xajimo’lchagichdagi suvga oxista botiriladi (rasm 2.1), siqib chiqarilgan suv aniqlanadi (VS, sm3 ). Gruntning tabiiy zichligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. O = Q / V gk/sm3 Tajriba uch marta uchta namuna uchun taqrorlanadi va ularni sinov jurnalini 2-jadvaliga yozilib, o’rtachasi aniqlanadi. Gruntni xajmi quyidagiga teng V = VC - VP sm3 2-jadval Tajriba natijalari
Tajribada sinalgan gruntni o’rtacha tabiiy zichligi _________ gk/sm3. Rasm 2.2a. Gidrostatik torozi Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling