1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
4 - Laboratoriya ishi.
Gruntni zarralarini kuruq xoldagi zichligini aniqlash. Grunt zarralarini kuruq xoldagi zichligi s deb- grunt namunasini mineral donachalarini (mutloq quruq xoldagi) og’irligini, ularni xajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi; gk/sm3 bilan o’lchanadi. Maqsadi: SHu mavzu bo’yicha gruntlar mexanikasi, ximiya, fizika fanlarida olgan nazariy bilimlarni donador gruntlarni quruq xoldagi zichligini tajriba asosida aniqlashga yo’naltirishdir. Amaliy axamiyati: Gruntlarni zarralarini kuruq xoldagi zichligini bilish - ularni g’ovakdorligi, g’ovakdorlik koeffitsientlarini, to’la suv shimuvchanligini, namlik darajasini xisoblashga, g’ovaklari suv bilan to’la turgan zamin gruntlarini, muallaq xoldagi xajmiy og’irligini topish va boshqa xisobiy ko’rsatgichlarni aniqlashga imkon beradi. Vazifasi: Mineral zarralarni mutloq quruq xoldagi xajmini va zichligini topishdagi texnologik jarayonni talabaga o’rgatishdir. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar. 1. Grunt namunasi 2. Distirlangan suv 3. Torozi, toshlar bilan 4. Gaz plitasi yoki spirtovka 5. Rezina tayoqchasi 6. Farfor xovoncha, yog’och dasta 7. Piknometr 8. Sekundomer yoki soat 9. Quritish shkafi 10. Byuks - 3 dona 11. Termometr 12. Salfetka qog’ozi Кольцосимон белги Rasm 4.1. Piktometrlar turlari. Ishni borishi: 1. Grunt namunasini quritish shkafida 105S xaroratda bir sutka davomida quritiladi, uni farfor idishga solib rezina tayoqchasi bilan ezib bir-biriga yopishgan dona va zarralarini uqalab, quykum xosil qilinadi. SHu quyqumdan 10-15 gk gruntni tortib olinadi. (Q0, gk) 4-jadvalga yozib qo’yiladi. 2. Piknometrni( rasm 4.1) tozalab, uni nomeri jurnalga yozib qo’yiladi. 3. Distirlangan suvni (boshlang’ich) xarorati o’lchanib jurnalga yoziladi. Suvni piknometrni dumaloq chiziqli belgisigacha yetkazilib quyiladi, po’kagi bekitiladi. Piknometrni tashqi - yuzasini filtir qog’ozi bilan artilib tozalab quritib qo’yiladi. 4. Piknometrni suv bilan birga tortilib uni og’irligi (Q1, gk) jurnalga 4-jadvalga yozib qo’yiladi, og’irlik 0,01 gk aniklikgacha bajariladi. 5. Piknometrdagi suvni yarmini qayta to’kiladi va quruq voronka orqali tayyorlangan grunt namunasini suvga tushiriladi, probkani berkitib piknometr yaxshilab chaypalanadi. 6. Grunt donalari va zarralari atrofida yepishgan xavo pufakchalarini to’la chiqarib yuborish uchun piknometrni pukagini ochib qum vannasiga o’rnatib, suvni qaynash davridan boshlab qumsimon gruntlar uchun 30 min., gilsimon va gilli gruntlar uchun bir soat davomida qaynatiladi. 7. Qaynatilgandan keyin suvni, vannada ilgarigi (boshlang’ich) xaroratigacha sovutiladi, temperaturalari farqi 0,5S gacha aniqlikda bajariladi. 8. Piknometrni chiziqli belgisigacha suv quyilib, yana to’ldiriladi, kopqog’i berkitiladi, uni tashqiy yuzasi filtr qog’ozi bilan yaxshilab artib quritiladi va torozida tortiladi (Q2, gk) 0,01 gk aniqlikgacha. Natijalar 4-jadvalga kiritiladi. Mineral donachalarni xajmi V0 quyidagicha aniqlanadi; suv - suvni solishtirma og’irligi 1 gk/sm3 teng ekanligini etiborga olib Q3 ni aniqlaymiz Q3=(Q1 + Q0 ) - Q2, gk Yuqoridagiga ko’ra V0 = Q3 deb olamiz. 4-jadval Tajriba natijalari
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling