Sınaq sorawları 1. Suwdiń tiykarǵı sapa kórsetkishi ne? 2. Suwdiń tınıqlıǵına qaysı faktorlar kúshli tásir etiwi múmkin? 3. Snyollen ásbapı haqqında neler dep alasız? 4. Tájiriybe jumısın qanday atqardingiz? 5. Suwdiń ılaylılıǵı neshe mg/dm3 bolıwı kerek? Gruppalarǵa beriletuǵın tapsırmalar 1-gruppa. Jumıstıń atı, onıń maqseti hám kerekli qurallardı úyrenedi. 2-gruppa. Jumıstıń teoriyalıq bólegin úyreniw, tiyisli oy-pikirler qılıw. 3-gruppa. Ólshew hám nátiyjelerdi esaplaw bólegin úyreniw. 4-gruppa. Nátiyjelerdi alıw. 4-tajriba mashg’uloti Oqova suvlarni tozalashda suvning maqbul vodorod ko`rsatgichi (PH) va koagulyant
(flokulyant) miqdorini aniqlash
Ishning maqsadi: Suvni maqbul vodorod ko`rsatkichi (PH) va koagulyant miqdorini aniqlash uchun namunaviy koagulyantlash usuli bilan tanishish.
Nazariy ma`lumotlar
Koagulyantlash–oqova suvlarni reagentlar bilan ishlov berish jarayonidir. Reagentlar sifatida alyuminiy yoki temir (III) tuzlaridan qo`llaniladi. Natijada suvdagi kichik dispersli va kolond qo`shilmalari birlashib (aglomeratlar hosil qilib), alyuminiy gidroksidi (Al(OH3)) yoki temir gidroksidi (Fe(OH3)) bilan birgalikda pig’a shaklida cho`kadi.
Koagulyasiyalash yo`li bilan tozalash tezligiga va samaradorligiga muhitning vodorod ko`rsatkichi (PH) kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Barqaror gidrolizlangan ko`p valentli Al3+ ,Fe2+ ionlarning hosil bo`lishi uning kattaligiga bog’liqdir. Turli gidrolizlangan alyuminiy va temir tuzlarining
PH chegaralarining barqaror shakllarining mavjudligi quyidagi 1- rasmda ko`rsatilgan.
g-ion/l
g-ion/l
rasm. Alyuminiy (a) va temir (b) tuzlarining hosil bo`lishiga muhitning vodorod ko`rsatgichi (PH) ning ta`siri.
Tarkibida yupqa dispersli kolloid qo`shilmalar tutgan oqova suvlariga flokulyantlarni qo`shish (ionlanuvchi funksional guruhlardan tarkib topgan polimer birikmalarni qo`shish) aglomeratlar hosil qilish va ularni cho`ktirish jarayonlarini tezlashtiradi.
Flokulyantlar guruhiga kraxmal, jelatin, sellyuloza efirlari, tabiiy polimerlarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda flokulyantlar sifatida suvda eruvchan sintetik polimerlardan (masalan, poliakrilomid (-CN2-CH-)n dan) keng qo`llaniladi.
Flokulyantlar ishtirokida qo`shilma zarrachalarni yiriklashtirish jarayoniga, flokulyasiya deb ataladi. Flokulyasiya jarayonida zarrachalar adsorbtsiyalangan flokulyant makromolekulalari orqali o`zaro birlashib, yiriklashadi.
Koagulyantlashning maqbul sharoitini tajribada aniqlash quyidagi 2 ta masalani yechimini topishga yordam beradi:
1. Koagulyantlash paytida vodorod ko`rsatkichi (PH) ni maqbul hududini aniqlab olishga yordam beradi.
2. Koagulyant (flokulyant)ning maqbul miqdorini aniqlab olishga yordam beradi.
Quyidagi 2 – rasmda muallaq zarrachalarning samarali koagulyasiyalash uchun kerakli bo`lgan koagulyantning minimal miqdorining PH ga bog’liqligi ko`rsatilgan.
2 - rasm. Koagulyant miqdoriga muhitni vodorod ko`rsatkichining ta`siri.
Mezon sifatida olingan natijalarni baholash uchun quyidagi ikki usuldan foydalanish mumkin.
1. Tozalanadigan suvning sifatini analitik nazorat qilib borish usulidan.
2. Pag’alarni tiniqlashib borishi yoki ularni cho`kish jarayonlarini, hajmi va hosil bo`ladigan cho`kmalarning turini kuzatib borish usulidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |