1-laboratoriya mashg’uloti mavzu: oqava suvlar loyqaliq darajasini aníqlash


B - variant. Koagulyantlashning maqbul PH chegarasini aniqlash


Download 180.28 Kb.
bet4/7
Sana14.04.2023
Hajmi180.28 Kb.
#1358115
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laboratoriya islari uzb gruppa

B - variant. Koagulyantlashning maqbul PH chegarasini aniqlash

Kerakli reaktivlar va materiallar: oqova suv namunalari, H2 SO4, ODN eritmasi, NaOH, ODN eritmasi, koagulyant va flokulyant eritmalari.
Tajhizotlar: 100 ml o`lchov silindrlari, pipetkalar, Snyollen silindri, fotoelektro-kallorimetr (FEK).

Ishni bajarish tartibi

Oldindan raqamlar bilan belgilangan 100 ml li 6 ta o`lchov silindirlarga Snyollen slindri yoki FEK yordamida loyqaligi aniqlangan oqova suvlari quyiladi. Turli vodorod ko`rsatkichlari (PH lar) ni hosil qilish uchun, silindrga 0,1n N2 SO4 eritmasidan 0,1 ml, ikkinchi silindrga 2 ml, beshinchi va oltinchi silindrlarga esa mos ravishda 1ml va 2 ml 0,1n Na OH eritmasidan pipetka yordamida qo`shiladi. 1 chi va 2 chi silindrlarga esa reagent qo’shilmaydi. Reagentlardan qo`shilgandan keyin, silindrdagi eritmalar aralashtiriladi. Undan keyin, 1- silindrdan tashqari, qolgan barcha silindrlarga koagulyant (flokulyant)ning bir xil miqdori 40-50 mg/l – koagulyant uchun, 1-2 mg/l –flokulyant uchun qo`shiladi.


Alyuminiy tuzining 10% li eritmasi, temir tuzi va 0,1% li flokulyant eritmalarini inobatga olib, suvga qo`shiladigan koagulyant yoki flokulyant eritmalarini hajmlari hisoblab chiqiladi.
Suvga koagulyant qo`shilgandan keyin, barcha silindrdagi eritmalar aralashtiriladi va 20 daqiqa tindirish uchun qo`yiladi va pag’alarni hosil bo`lishi va cho`kish jarayoni kuzatilib boriladi. 20-30 daqiqa o`tgandan keyin, silindrda hosil bo`lgan cho`kmalarning hajmi o`lchanadi va suvdan namunalar olib, FEK yordamida uning loyqaligi hamda PH-metr yoki ionomer yordamida ularning vodorod ko`rsatkichlari (PH lari) aniqlanadi.
Birinchi va oxirgi suv namunalarini olish davomiyligi (vaqti) iloji boricha qisqa bo`lishi kerak. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
Jadval

Silindr tartib raqami

Qo`shilgan, ml

PH

Koagulyant miqdori, mg/l

Cho`kmaning hajmi, ml

A0 ,%

Э, %

Izoh

H2SO4

NaOH

1

























2

























3
























Jadvaldagi «izoh» qismida tajriba davomida kuzatish natijalari yoziladi;



Download 180.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling