Ishni bajarish tartibi
A-variant. Koagulyantlashni sinab ko`rish usuli bilan tanishish va oqova suvlardagi qo`shilmalarni cho`kish kinetikasini aniqlash
Kerakli reaktivlar va materiallar: Oqova suv namunalari, koagulyantlar eritmasi: Al2(SO4)3 alyuminiy achchiq toshlari, FeCl3, Ca(OH)2, flokulyant eritmalari.
Tajhizotlar: o`lchov silindrlari, pipetkalar, Snyollen silindri, fotoelektro-kallorimetr (FEK).
O`qituvchining ko`rsatmalariga asosan, o`lchov silindriga oqova suvning ma`lum miqdori quyiladi va ma`lum vaqt (60, 120, 180 soniya va h.k) o`tgandan keyin, silindrdagi tiniqlangan suvning hajmi yoki cho`kmaning hajmi o`lchanadi. So`ngra, silindrga 10:1 miqdorida koagulyant yoki flokulyant eritmasidan qo`shib, u yaxshi aralashtiriladi va tindirish uchun qo`yiladi. Ma`lum vaqt oralig’ida tiniqlashgan suvning hajmi o`lchanadi. Agar pag’alarning cho`kishi va yiriklashib borish jarayoni tez kuzatilsa, unda o`lchashlar qisqa vaqt oralig’ida bajariladi. Olingan natijalar esa quyidagi jadvalga yoziladi.
Jadval
Qo`shilmasiz oqova suv
|
Koagulyant (flokulyant) qo`shilgan oqova suv
|
Vaqt, τ , soniya
|
Tiniqlashgan suv hajmining o`zgarishi, V, ml
|
Vaqt, τ , soniya
|
Tiniqlashgan suv hajmining o`zgarishi, V, ml
|
Qo`shilmasiz va koagulyant (flokulyant) qo`shilgan oqova suvlar uchun bitta grafikda tiniqlashgan suv hajmi o`zgarishining vaqtga bog’liqlik grafigi chiziladi, ya’ni V=f(τ ).
Do'stlaringiz bilan baham: |