1. Lokomotivlarni ekspluatatsiyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad


Temir yo’lning operatsion ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya ishlarini boshqarish, ekspluatatsiya uslublarini optimallashtirish chora-tadbirlari


Download 386.5 Kb.
bet3/16
Sana10.03.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1256722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
yakuniy LE

4.Temir yo’lning operatsion ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya ishlarini boshqarish, ekspluatatsiya uslublarini optimallashtirish chora-tadbirlari
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish- bu liniyadagi lokomotivlardan foydalanish va xizmat qilishi, shuningdek, ta'mirlash va safarga tayyorgarlik tizimi bilan bog'liq bo'lgan chora-tadbirlar majmuidir. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish poyezdlar harakatini tashkil etishda asosiy qism sifatida qaraladi. Poyezdlar harakati lokomotivlarning aylanish hududlarida estafeta ko'rinishida amalga oshiriladi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi lokomotiv guruhlarini boshqarish ishlari, texnik-texnologiya xizmatlari va depodagi lokomotivlarni tamirlash ishlarini, shuningdek ma'lum darajada yangi lokomotivlarni loyihalash uchun konstruktiv yechimlarni belgilab beradi va mashinistlar va ularning yordamchilari uchun belgilangan ish rejimini va dam olishni ta'minlashda hal qilishda katta rol o'ynaydi. Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish tizimi depo ishlariga, stansiyalarning texnologik jarayonlariga, vagonlarga xizmat ko'rsatish punktlariga, shuningdek, poyezdlarni harakat grafiklariga va poyezdlar tuzish rejalariga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Temir yo’lning operatsion ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya ishlarini boshqarish, ekspluatatsiya uslublarini optimallashtirish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • temir yo'l tarmoqlarida tortish turlari va lokomotivlar seriyalarini aniqlash, shuningdek, poyezd sostavlarining massasini aniqlash;

  • ularning xizmat ko’rsatish sxemalarini tanlash va lokomotivlarning aylanish hududlari va lokomotiv brigadalari ishini taqsimlash;

  • lokomotiv ishlarini tashkil etish;

  • lokomotiv parkini kundalik, oylik va yillik rejalarga me’yorlash;

  • brigadalar tomonidan lokomotivlarga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish;

  • operativ rejalashtirish va lokomotivlarning va lokomotiv brigadalarini ishini tartibga solish (ya'ni lokomotivlarni ekspluatatsiyasini operativ boshqarish);

  • poezdlar boshqaruvining ratsional usullarini tanlash;

  • lokomotivlardan foydalanish ko'rsatkichlari tizimini takomillashtirish.


Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling