14.Lokomotiv parkining tasniflanishi.
Harakat turlari va bajariladigan ishlari tavsifiga ko‘ra lokomotiv parki quyidagi guruhlarga ajratiladi: yo‘lovchi, yuk, uzatib o‘tkazish va olib chiqish, xo‘jalik, itarib harakatlantiruvchi, maxsus manevrli va boshqa ishlarda bandlarga.
Manevr lokomotivlari poezdlarni shakllantirish va ajratib tashlash, yo‘llarga vagonlarni uzatish va yo‘ldan olib chiqish, yuklash va yuk tushirish uchun qo‘llanadi.
Uzatib o‘tkazish va olib chiqish lokomotivlari poezdlarni yoki vagonlar guruhlarini yaqin joylashgan saralash yoki boshqa stansiyalar orasida uzelning bitta stansiyasidan ikkinchisiga o‘tkazish bilan band bo‘ladi.
15.Lokomotiv parkining taqsimlanishi
Lokomotiv parkini oqilona joylashtirish uchun yo‘lning har bir uzeli va deposi uchun lokomotivlar seriyalarini birxillashtirish tamoyiliga rioya qilishga intilish zarur, ya’ni yo‘l va har bir depoda lokomotivlarning turli seriyalari soni iloji boricha kamroq bo‘lishi zarur. Lokomotivlar seriyalarini xilma−xilligi ulardan foydalanishni, ta’mirlovini, deponi ehtiyot qismlar bilan ta’daqlanishini qiyinlashtiradi, oborotdagi mablag‘lar miqdorini oshiradi. Lokomotiv depo boshlig‘i yoki uning ta’mirlov ishlari bo‘yicha muovini, ta’mirlov sexi ustasi va lokomotivlarni qabul qiluvchi xodim tomonidan qabul qilish haqidagi dalolatnomaga imzo chekish vaqtidan boshlab yo‘l inventar parki tarkibiga kiritiladi. Holati va ish joyiga ko‘ra lokomotiv parki ma’lum guruhlar bo‘yicha hisobga olinadi.
16.Zaxiradagi lokomotivlar
Rezervdagi lokomotivlarni komplektlash tegishlicha yo‘l rahbarlari ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Elektrovozlar, teplovozlar va MVXT bir yilgacha bo‘lgan muddatga zaxiraga qo‘yiladi. Bu muddat “O‘TY”AJ ning Lokomotivlar ekspluatatsiyasi bo‘yicha boshqarmasi tomonidan uzaytirilishi mumkin. Zaxiradagi lokomotivlar faqat vazir yoki uning muovinining buyrug‘iga asosan ishga jalb qilinishi mumkin. Zaxiraga ajratilgan elektrovoz, teplovoz va MVXT lar ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bu talablarning asosiylari − texnik sozligi va ekspluatatsiyaga tezlik bilan tayyor bo‘la olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |