12.Qaysi hollarda temir yo’lning zaxira lokomotivlaridan foydalaniladi?
Zaxiradagi lokomotivlar maxsus yo‘riqnomalarga asosan davriy ko‘rik va nazorat tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Teplovoz zaxirada 1 yil turgandan so‘ng u raskonservatsiya qilinadi va ekspluatatsiya qilish uchun depoga jo‘natiladi. Teplovozni zaxirada turish muddatini poezd ishida bosib o‘tgan yo‘li 7500 km dan oshganda yoki 15 sutkali poezddan tashqari ishlarni bajargandan so‘ng, va shundan keyin qayta konservatsiyalangandan so‘ng uzaytirish mumkin. Lokomotivlarni zaxirada bo‘lishining eng kam muddati elektrovozlar uchun hamda teplovozlar uchun yoz faslida 3 sutka va teplovozlar uchun qishda 10 sutkani tashkil etadi. 3−sutkada teplovozlarni yo‘l rezerviga konservatsiyasiz qo‘yish mumkin. Lokomotivlarni yo‘l rezervida turishining maksimal muddati 1 yil, va shundan keyin ular ekspluatatsiyaga yuboriladi.
13.Lokomotiv parki nima?
Lokomotiv parki – temir yo’lda ekspluatatsiya qilinadigan lokomotivlarning yig’ilish joyi.
Elektrovoz, teplovoz, gazoturbovoz, paravozlar va motovozlar temir yo’lda iqtisodiy tomonlama, yo’lovchi va yuk, eksport va uzatishni tashkil qilishiga qarab, lokomotivlar parkida guruhlarga bo’linadi, amalda ish tabiatiga qarab surish ishlari maxsus ishchi lokomotivlar bilan bajariladi. Uzatuvchi va olib chiquvchi lokomotivlar uzelning bir stansiyasi (Saralash stansiyalari yoki uchastka stansiyalari ) dan boshqa stansiyasiga vagon guruhlarini uzatib berish amallarini bajaradi. Xo’jalik ishlari bilan band bo’lgan lokomotivlar – xo’jalik lokomotivlari, temir yo’l uchun zarur bo’lgan yuklarni tashiydi (rels, shpallar, sheben va hokazo). Maxsus ish uchun foydalaniladigan lokomotivlar o’zlari bajarayotgan ishlarning turiga tegishlidir. Poyezdlarni tuzish va tarqatish, vagonlarni yuklash va tushirish yo’llariga olib kirib berish amallarini manyovr lokomotivlari bajaradi. Boshqa turdagi ish bilan bog’liq bo’lgan lokomotivlarga o’t o’chirish, tiklash, tiklash va qor tozalovchi va boshqa lokomotivlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |