1. Ma’lumot-axborot hujjatlari


Orfografiya nimani o‘rganadi?


Download 99.37 Kb.
bet3/8
Sana09.02.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1182333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy savollar (2)

Orfografiya nimani o‘rganadi? O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Orfografiya (grek. Orthos- «to`g`ri» + grapho- «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo`lib, u to`g`ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi
5.Atamalar qanday yasaladi? Atamalar ma’lum fan kasb -hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so’z yoki so’z birikmalaridir. Atamalar quyidagicha hosil qilinadi.
1.Umum tilda mavjud bo’lgan so’zlarni ma’nosini maxsuslashtirish yo’li bilan hosil qilinadi.Masalan:matematikada ildiz tushunchasi, umumxalq tilidagi ildiz tushunchasidan farqlanadi.
2.Boshqa tillardan ilmiy tushunchalar uchun atama olish orqali hosil qilinadi.Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib umuxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan fonema valentlik, element, kosinus, kasr, musbat, manfiy va hakozo.
Atamalar necha guruhga bo`linadi va ular qaysilar? Atamalar ikki guruhga bo'linadi.
Ilmiy atamalar: ot, gap, ega, manfiy, musbat, kasr
Kasbiy atamalar: angob, loya, qolip, soqi, betlik, poshna, charm, shirach, kosa, shonlar
Sohaga oid atamalarga misollar keltiring. Termostat, kondensatsiya, kopelyar hodiasalar, elektr.


6.Tilning lug`at tarkibi. Tilning leksikasi tildagi barcha so‘zlami o‘z ichiga oladi. Tilda bor bo‘lgan barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo‘lgan so‘zlaming hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug‘at tarkibiga ega bo’lib, yuz minglab so'zlami o‘z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug‘at ham barcha so'zlami qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so‘zlar yoki eski so‘zlar lug‘atdan o‘rin olmagan bo’lishi mumkin.
Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: ko‘p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug‘at va kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol lug'at. Ko‘p ishlatiluvchi so‘zlar barcha uchun tushunarli bo’lishi bilan ajralib turadi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yo‘1 kabi.

Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling