1. Ma’lumot-axborot hujjatlari


So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nosi


Download 99.37 Kb.
bet2/8
Sana09.02.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1182333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy savollar (2)

3.So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nosi. So’zlarning nutq jaroyoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi o’z ma’no sanaladi.So’zning o’z ma’nosi,asl tub manosi “Denatativ” ma’no deyiladi.Misol:Olov yondi.
So’zning nutqda boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi.So’zning ko’chma ma’nosi “Konnotativ ” ma’no deyiladi. Misol:Alamidan yondi.
Metonimiya nima – Metonimiya (yunoncha «qayta nomlash», «nomini almashtirish») narsa yoki hodisalarning makon va zamonda o‘zaro bog‘liqligi, doimiy aloqadorligi asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishidir. Bunda narsa, harakat va belgi o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik emas, balki doimiy aloqadorlikning mavjudligi birining nomini aytganda ikkinchisini anglash, nazarda tutish imkonini beradi. Metonimiya asosida nom ko‘chishda narsalar (otlar) o‘rtasidagi quyidagicha uzviy aloqadorliklar asos bo‘lishi mumkin: 1) narsa yasalgan materialning umumiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi:Metonimiyaga misollar keltiring. Moyi tugab piligi so‘xta bo‘lgan chiroq bir lip etib so‘ndi (S.Ahmad). Sochini mayda o‘rib uchiga pilik taqqan edi ) narsalarning o‘ziga xos harakat-holati, xususiyati jihatdan umumiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi: beshik-maktab ta’lim va tarbiya beshigidir, qaldirg‘och-litseyimiz qaldirg‘ochlari; 3) o‘rinning unda joylashgan narsa bilan doimiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga ko‘chadi: kosa, qoshiq, tovoq-ovqat, zal-zal kulib yubordisinf-sinf oyoqqa qalqdi ma’nolarida ishlatiladi;
4.Adabiy til va me’yor tushunchasi. Tarixan tarkib topgan , qa’tiy me’yorlarga bo’ysinuvchi, so’zlashuvchilarning qaysi hudududa yashashidan qati’i nazar barchasi uchun umumiy bo’lgan ti adabiy til sanaladi.Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi.Adabiy til yozma va og’zaki shakllarga ega bo’ladi.Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvhci adabiy til yozama adabiy til sanaladi.Tovushlar vositasidaog’zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og’zaki adabiy til deyiladi. Me’yor - tilning yashash shaklidir. Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan. Nutq madaniyati to`g’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g’risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g’ri yoki noto`g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me’yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: 1. Dialektal me’yor. 2. So`zlashuv nutqi me’yori. 3. Argolar, jargonlar me’yori. 4. Adabiy til me’yori.Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan

Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling