1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
Bozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oidqarashlar tahlili
Download 107.43 Kb.
|
15-mavzu
4.Bozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oidqarashlar tahlili
Darhaqiqat mamlakat taqdirida keskin va muhim o'zgarishlar ro'y berdi. O'zlikni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g'oyasi fuqarolar imonining mezonini tashkil eta boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o'zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab, YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi ta'minlandi va mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. Xalqaro ekspertlar ma'lumotiga ko'ra, yangi asr boshiga kelib O'zbekiston ishlab chiqarish hajmiga ko'ra, inqirozga qadar bo'lgan darajasini, shuningdek BMT inson taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: aholining savodxonlik darajasi; umr uzunligi; aholi jon boshiga YaIM) bo'yicha reytingidagi o'z maqomini deyarli tiklab oldi. MDHdagi hech bir boshqa davlat bunga erisha olgani yo'q. Inson potensial taraqqiyoti indeksi ko'rsatkichlari 1995 yildagi 0,679dan 1999 yilga kelib 0,706 ga ko'tarildi. Dastlabki yillarda aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning xarid quvvatiga ko'ra qiymati 1995 yilda 2440 AQSh dollariga teng bo'lsa, 1999 yilgi ko'rsatkich 2494 AQSh dollarini tashkil etdi. Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma'lumotlariga ko'ra esa, O'zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 1310, Xitoyda 750 $, Qirg'izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan. Xalqaro ekspertlar fikriga ko'ra, inson taraqqiyoti zamirida O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiritilgan: -YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi, pirovardida esa, turmush daraja yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. -Uzoq muddatli istiqbolda o'sish omili bo'lgan asosiy kapitalga sarmoya kiritishning yuqori sur'atlari ta'minlandi. -Iqtisodiy o'sishning ijobiy sur'atlari sharoitida inflyasiya sur'atlaridan barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi yaxshilandi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishdagi zaif jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan: 1. O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o'zining agrar- industrial tabiatini saqlab kelmoqda. 2. YaIM tarkibida sanoat mahsuloti 20%dan ozroq qismini hamda jismoniy va ma'naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi. 3. Ishsizlik darajasi tez sur'atlar bilan o'smayotgan bo'lsada, ancha yuqori bo'lib, iqtisodiyotda qo'llanilmayotgan man'balardagi katta potensialni aks ettiradi. 4. Ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida, ayniqsa aralash shaklda moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o'zgarishlar tugallanmagan. Shuningdek, islohotlar tajribasini umumlashtirishda turlicha yondoshuvlar shakllanmoqda. Ulardan biri bozor munosabatlariga o'tishning ijtimoiy muammolarini hal etilishi 3 bosqichga taqsimlanadi: 1-bosqich (1991-1994); 2-bosqich (1994-1997); 3-bosqich (1997 dan hozirgi paytgacha). Birinchi bosqichning maqsadi aholi turmush darajasining keskin pasayishi va ishsizlikning keskin oshishiga yo'l qo'ymaslik bo'ldi. Bu bosqichda davlat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iste'mol bozorini himoya qilish uchun iste'mol mollarini me'yoriy tarqatish tizimi, talon va kuponlar joriy etildi. Ijtimoiy kam ta'minlanganlar uchun imtiyozlar saqlandi. Ikkinchi bisqichning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, inflyasiyani jilovlash bo'ldi. Natijada mulkdorlar sinfi shakllandi. Xorijiy omillarga bog'liq bo'lgan o'zak tarmoqlarini mustahkamlash choralari ko'rildi. Milliy valyuta inflyasiyasini maqbul darajada jilovlash imkoni yaratildi. Uchinchi bosqich maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlarni sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarishga qaratildi. Iqtisodiyotda miqdor va sifat siljishlari, kichik biznes va tadbirkorlik uchun huquqli sharoitlar yaratildi, ishsizlikning yashirin va turg'un holatlarini bartaraf etishga oid choralar ko'rildi. Aholi daromadlarining yangi turlari - mulkdan va tadbirkorlikdan ham shakllana boshladi. Aholi kam ta'minlangan qatlamlar qashshoqlashuvi kamaytirildi. Boqimandalik chekindi. Mehnat va tadbirkorlik faolligi ortdi. Iqtisodiyotning negizini turli xildagi mulk: tashkil etishi, mulkchilik munosabatlaridagi islohotlar chuqurlashuvi ham to'rt bosqichda Guruhlantirishga imkon yaratdi. Bunda 1990-91 yillar tayyorlov bosqichi deb belgilandi. 1-bosqich - 1992-1993 yillar; 2-bosqich - 1994-1995 yillar; 3-bosqich - 1996-1998 yillar; 4-bosqich - 1998 yil oxiridan to hozirgi paytgacha davom etmoqda. Download 107.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling