1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati


Download 107.43 Kb.
bet7/8
Sana26.03.2023
Hajmi107.43 Kb.
#1296083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu

Asosiy tushuncha va iboralar


Bozor iqtisodiyotiga o'tish; ma'muriy buyruqbozlik tizimi; mustabid tizim merosi; o'tish zaruriyatining omillari; «o'zbek modeli»; o'tish davri davomiyligi; o'tish davri bosqichlari; tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga yondoshuvlar; iqtisodiyot negizi; ustuvor yo'nalishlar; tarkibiy o'zgarishlar maqsadlari; inson taraqqiyoti indeksi; islohotlarni tasniflash; yutuq va muammolar. 5 tashabbus. Yangi O`zbekiston.


Nazorat va mulohaza uchun savollar


1. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning oqibatlarini izohlang.


2. Bozor iqtisodiyotiga o'tish deganda nimani tushunasiz?
3. O'tish davri davomiyligi qancha bo'lishi mumkin?
4. O'tish davridagi umumiy qoidalar nimadan iborat?
5. «O'zbek modeli» nima?
6. Milliy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi?
7. Milliy iqtisodiy islohotlar modelining xususiyatlari.
8. Islohot bosqichlariga oid qanday qarashlar mavjud?
9. Milliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishda hissa qo'shayotgan olimlar kimlar?


XOTIMA

Mana, to’rt ming yildan ortiqroq davrni qamrab olgan iqtisodiy fikr, g’oya, qarashlar, nazariya, konsepsiya va ta'limotlar tarixiga "sayohat" qildik. Albatta, eng oddiy tushunchalar hosil bo’lishidan mukammal iqtisodiy ta'limot, qonun vujudga kelishiga qadar bosib o’tilgan yo’lda turli-tuman g’oyalarning dialektik uzviyligi va rivojlanish omili - qarama-qarshiliklar kurashi va birligining guvohi bo’ldik. Oxir-oqibatda iqtisodiyotning prinsipial masalalari bo’yicha aniq bir qisqacha xulosalarlarga kelindi. Ammo amalda aynan bir masala bo’yicha turlicha qarashlarning mavjudligi o’ziga xos bir mo’'jizadir. Masalan, bozor iqtisodiyotining hayotiy zarurligi munozaradan holi, ammo bu munosabatlarning oxirgi oqibatlari turli mamlakatlarda turlicha, chunki uning asosiy unsurlari bir xil bo’lishiga qaramay, har bir unsurning amaliy qo’llanishi turlicha va oqibat-natija ham butunlay o’zgacha. Bozor iqtisodiyoti yo’lidan rivojlanayotgan davlatlarning turlicha iqtisodiy yakunlari bunga yaqqol misol bo’la oladi.


Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta'kidlashicha, iqtisodiyot fani va ta'limotlarining tarixi o’ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o’zi bilan birga olib yuradi (Blaug M. Ekonomicheskaya mo`sl' v retrospektive, s.659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo’lib, o’tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish muhimdir.
Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g’oyalar tarixi davomida bir nechta muhim yo’nalishlarni ajratish mumkin. Bular boylikning asosi muomala sohasida degan aqidaga asoslangan merkantilizm iqtisodiy ta'limotigacha bo’lgan davr, merkantilizmning o’zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo’nalish va marjinalizmdir. Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarida vujudga kelgan uch asosiy yo’nalish tamoyillari turli mamlakatlarning iqtisodiy siyosatlariga asos qilib olingan.
Sotsialistik deb atalgan yo’ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o’tishni ma'qul deb hisoblaydilar. Bu davlatlarning bozor munosabatlariga o’tishi o’ziga xos bo’lib, "o’tish davri iqtisodiyoti" sifatida qaraladi. Albatta bu o’tish lassik mamlakatlar (Angliya, Fransiya, AQSh, Germaniya va boshqalar) rivojlinishidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma'muriy-buyruqbozlikdan erkin bozor munosabatlariga o’tish to’g’risida boradi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib normal rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga ko’p yillardan buyon bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlikdan chiqa olmayotgan davlatlar ham k[’pligini alohida ta'kidlash kerak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to’g’risida borishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha tadbirkorlar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi, xususiy mulk asosiy o’rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag’bat (ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqimandalik (ilgarigi sotsialistik jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklangan moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablarni to’laroq qondirish imkoni yaratiladi.
Ko’rinib turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir vosita, undan unumli foydalanib yutuqqa erishayotgan mamlakatlar talaygina, ammo shu yo’ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham ko’p. Gap bu yerda shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va hususiy holatlarning birligida deb qarash o’rinlidir. Masalan, bizga oq bo’lib ko’ringan rang prizmada yettita boshqa-boshqa rangga ajraladi, undan esa minglab boshqa ranglar hosil bo’ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab, millionlab ohanglar vujudga keladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishidagi muhim xususiyat shuki, sotsialistik deb atalgan mamlakatlar rejalashtirilgan iqtisoddan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini o’z boshidan kechirmoqdalar. Bunda ham turli iqtisodiy yo’nalishlar asos qilib olingan, vaholanki bu davlatlar va ular aholisining maqsadi bir - farovon va demokratik jamiyat yaratishdir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish kerakki, bozor iqtisodiyoti aqidalari hech qanday chegara bilmasalar-da, ularning oqibati har doim ham kutilgan natijalarni beravermaydi. Bunga tarixda misollar ko’p.
30-40-yillardagi Germaniya va Italiyadagi fashistik iqtisodiyotni olib ko’raylik: o’sha yillarda bu davlatlarda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot oqibatlari hammaga ayon. Xuddi shuningdek, o’z davrida sotsialistik yo’ldan borgan Yugoslaviya iqtisodiyotini ham olib ko’rish mumkin. Shu tufayli konvergensiya gipotezasining vujudga kelishi tasodifiy emas. Fisher, Dornbush, Shmalenzilarning fikricha, ("Ekonomiks", s.767) turli mamlakatlar asta-sekin vaqt o’tishi bilan bir-birlariga o’xshash bo’lib bormoqdalar. Ammo bu g’oyaning qanchalik real ekanligi yaqin kelajakda isbotlanishi qiyin. Ko’pgina Farb mamlakatlarida iqtisodiyotda davlatning roli kamaytirilib, bozor orientatsiyasi kengaytirilmoqda (80-yillardagi reyganomika va tetcherizm). Ularni hisobga olib, shuni aytish mumkinki, agar konvergensiya amalga oshsa ham, ko’p mamlakatlarda bu bozor orientatsiyasi kuchayishi yo’li bilan amalga oshadi. Sotsialistik deb atalgan davlatlarning deyarli barchasida bu harakat amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga industrial rivojlangan bir qancha mamlakatlarda resurslar taqsimoti va boshqa sohalarda davlat yetakchi o’rinni egallaydi. Fransiya, Skandinaviya mamlakatlarida hukumat tomonidan indikativ iqtisodiy rejalar ishlab chiqiladi (qat'iy imperativ rejalashtirish bozorga zid) va unga amal qilinadi. Masalan, Fransiyada to’rt yilga mo’ljallangan rejalashtirish mavjud, ular indikativ deb ataladi, chunki bu rejalar davlat sektori uchun majburiy bo’lsa, xususiy sektor uchun rivojlanishning to’rt yiliga istalgan yo’nalishni belgilab beradi. Maxsus reja komissiyasi xususiy sektor va qiziqqan taraflar bilan bamaslahat ish yuritadi. Germaniya iqtisodiyotida ham davlatning roli yuqori. Davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning 40 foizi turli soliqlar ko’rinishida olinadi. Korporatsiya direktorlari kengashida ishchi vakillari ham ishtirok etadi. Rejalashtirish tizimi Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Hindiston va boshqa mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Ammo shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, bu rejalashtirish tamoyillari sobiq SSSR va boshqa "sotsialistik" deb atalgan davlatlarnikidan ancha farq qiladi (qat'iy va yoppasiga emas).
Ayniqsa, Syangan, Koreya Respublikasi va Singapurda davlatning iqtisodiyotdagi roli nihoyatda kuchli hamda ularning taraqqiyot sur'atlari nihoyatda yuqoridir. Ayrim Afrika va Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy qoloqlik va tushkunlik davlatning iqtisodiyotga me'yoridan ko’proq aralashuvi tufayli deb topilmoqda.
Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir, ammo bu tizim bekamu-ko’stmi degan savol tug’iladi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha, ("Ekonomika dlya vsex", s.296-298), bozorning uchta nozik joyi, muammosi mavjud.

Download 107.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling