1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati


Download 107.43 Kb.
bet6/8
Sana26.03.2023
Hajmi107.43 Kb.
#1296083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu

QISQACHA XULOSALAR


1917 yildagi oktyabr to'ntarilishi va sho'rolar hokimiyati (1917-1990) davrida sobiq SSSR va hususan O'zbekistonda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o'tildi. Nokapitalistik konsepsiya, ya'ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi yo'l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan siyosat oqibatida katta potensialga ega bo'lgan O'zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama agrar - xomashyo yo'nalishida rivojlandi, sanoat tovarlar ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik muammolarni keltirib chiqardi, erlarning sho'rlanishi, botqoqlashuvi kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi keskin ortda qoldi. Ilg'or mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixi bozor iqtisodiyotini qo'llash yo'li bilangina taraqqiyotga erishish mumkinligini ko'rsatmoqda. Ko'p yillar davomida imperativ rejali iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sosialistik» deb atalgan davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o'tishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng (1991) o'ta boshladi. Bu bozor iqtisodiyotiga o'tish konsepsiyasi ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishning qonun-qoidalari va uning O'zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos ilmiy qarashlar majmuidan iboratdir.


Respublikamizning bozor munosabatlariga o'tish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, akademik I.Karimovning asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. O'zbekistonning tarixiy, ilmiy, an'anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, respublikada ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li maqbul deb topildi. Bu o'tish yo'li tadrijiy (evolyusion) ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq ko'rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko'chish uchun ma'lum o'tish davri ob'ektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot ukladi o'rniga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog'liqdir. O'zbekiston sharoitida bu o'tish davri bir necha bosqichdan iborat bo'ladi, birinchi bosqich 1991-1994 yillar, ikkinchi bosqich 1994 -1999 yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000 yildan boshlandi.
O'tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o'tish davrida qo'llaniladigan qator aniq ob'ektiv va sub'ektiv omillar va uslublarga bog'liqdir. Uni nisbatan tezroq va to'fonlarsiz amalga oshirish bosh vazifa hisoblanadi. O'zbekistonda sobiq sho'ro davlatlari orasida birinchilardan bo'lib mustaqillikning o'n yili davomida muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal o'sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milliy valyutamiz bo'lgan so'm mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. qilg'i-energetika va don mustaqilligi ta'minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar keng quloch yoydi, yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar amalga oshirildi. Bozor infrastrukturasi yaratildi, asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar o'sishi ta'minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo'lining to'g'riligi natijasidir.
Mustaqillikning 10 yilligi davomida erishilgan natijalarning eng muhim ko'rsatkichlari to'g'risida Prezidentining 2021 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda 2022 yilgi vazifalarga bag'ishlangan Vazirlar Maxkamasining yig'ilishida so'zlagan nutqida quyidagilar ta'kidlangan:
• O'tgan yil mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun muhim yil bo'ldi. 2021 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991 yilga nisbatan 109% o'sishiga erishildi. Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotni o'stirish tendensiyalari aniq ko'zga tashlandi.
So`nggi yillarda Yalpi ichki mahsulot 4,5%, sanoat ishlab chiqarishi 6,1%, qishloq xo'jaligida mahsulot tayyorlash 4,5% ko'paydi. Inflyasiya darajasi oyiga o'rtacha 4 % ni tashkil etdi. Aholining real daromadlari esa o'sdi. Tashqi savdo aylanmasida ham o'sish ta'minlandi, bu borada ijobiy saldoga erishildi.

Download 107.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling