1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati


Download 107.43 Kb.
bet5/8
Sana26.03.2023
Hajmi107.43 Kb.
#1296083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu

Birinchi bosqichda faol xususiylashtirish boshlangan. Bunda asosan uy-joy fondi va kichik korxonalar xususiylashtirilgan va jamoa mulkiga aylantirilgan. Qishloq joylarda har bir oilaga tomorqa er uchastkasi berilgan.
Ikkinchi bosqichda o'rta va yirik engil sanoat mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi 50 mingdan ortiq korxonalar ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga (mehnat jamoasi - 25%, davlat - 26%, erkin sotuvda - 30%, aralash korxonalarga - 10%, xarijiy investorlarga - 10%) aylantirildi. Bozor infrastrukturasi rivojlandi (birja, bank, xususiy sug'urta kompaniyalari).
Uchinchi bosqichda esa eng yirik aksiya nazorat paketi davlat ihtiyorida bo'lgan korxonalar (jami 3/46 ta) islohoti boshlandi. Xususiylashtirilmaydiganlarning tarkibiy ro'yxati Oliy majlis va Vazirlar maxkamasi tomonidan belgilab berildi: suvdan foydalanish ob'ektlari, meliorativ tarmoqlar, muzeylar, sanepidemiya stansiyalar, strategik va xarbiy ahamiyatga ega bo'lgan byudjetdan tashqari fondlar shular jumlasidandir.
To'rtinchi bosqichga kelib xususiylashtirilgan ob'ektlardan byujdetga mablag' tushurish, xususiylashtirilgan ob'ektlarga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi mulkchilik munosabatlarining to'liq faoliyati uchun sharoit yaratish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish choralariga e'tibor kuchaytirildi.
Bu bosqichda xususiylashtirishni guruhlashtirish sohasidagi vazifalar aniqlashtirildi:
• xususiylashtirishning miqdoriy ko'rsatkichlaridan tarmoqlarni chuqur restrukturizasiyalash hamda korxonalarni xususiylashtirishdan so'ng quvvatlash;
• tarmoq va hududlardagi xususiyatlarni to'liq hisobga olish uchun xususiylashtirish usullarini kengaytirish;
• xususiylashtiriladigan mulkni baholashning tender asosida sotish uchun takomillashtirish;
• tadbirkorlikni faol quvvatlash, sanasiya va restrukturizasiyalash proseduralarini amalga oshirish, zararga ishlayotgan korxonalarga barham berish.
Mulkdorlar sinfining shakilanishi tadbirkorlik rivojlantirilish bilan bog'liq institusional islohotlar ham 4 bosqichda tasniflanadi.
Bunda ham tayyorlov bosqichga alohida e'tibor beriladi, ya'ni 1990-1991 yillarda mulkchilik va tadbirkorlik to'g'risidagi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi qayd etiladi.
1-bosqich (1992-1994 yillar) da O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishi, «Hususiy mulkchilik himoyasini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish» to'g'risidagi (yanvar 1994 yil), «Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi Prezident farmonlari muhim xujjat bo'ldi.
2- bosqich (1995-1996 yy.) respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish to'g'risidagi farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet respublikalari ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mablag'ning 50%i kichik va o'rta biznesni rag'batlantirishga qaratildi. Bu bosqichda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlintirish to'g'risida»gi (dekabr 1995y.), «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlik xuquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi (aprel, 1996y.) qonunlar qabul qilindi. Eng muhimi real ko'p ukladli iqtisodiyot shakillanishiga erishildi, nodavlat sektori mustahkamlandi. Nodavlat sektorning ulushi milliy daromadda 69%ga etdi. Salkam 6 mln aholida mulkdorlik hissasi vujudga keldi.
3- bosqich (1997-1999) chet el sarmoyalarini jalb etish asosida xususiylashtirishning chuqurlashtirilishi bilan tavsiflanadi. E'tibor ko'proq xususiylashtirishning samaradorligiga qaratildi. Qishloq xo'jaligida paychilik asosidagi shirkatlarga o'tish boshlandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning ko'p bosqichli tizimi shakllandi. Bular:
1. Davlat mulkini boqarish qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari.
2. Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (savdo-sanoat palatasi, dehqon va fermer xo'jaliklari assosiasiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).
3. Moliya-kredit institutlari (biznes fond, dehqon va fermer xo'jaliklarini quvvatlash fondi, tadbirkorbank).
4. Sug'urta ta'minoti («Madad») va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va axborot - maslahat bilan quvvatlash institutlari (biznes - inkubator va biznes - maktablar).
5. Xomashyo va materiallar ta'minoti, shuningdek tayyor mahsulot sotish infrastrukturalari (O'zulgurji birja savdo, Agrosanoat birja, O'z savdo markaz, mintaqaviy va ixtisoslashgan bozorlar). Natijada jami huquqiy shaxslarning 89%i
Kichik va o'rta korxonalar (160 ming) egasiga aylandi. Kichik va o'rta korxonalar solig'i qishloq xo'jaligida - 27%, sanoatda -12% ga etdi.
IV bosqich (2000 yildan) iqtisodiyotni erkinlashtiruv islohotlarini chuqurlashtirishdan keyin boshlandi. Tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi joriy etildi. 270 mingdan ortiq kichik va o'rta biznes sub'ektlari 2005 yil oxiriga kelib ro'yxatdan o'tdi. Shundan 200 mingdan ortig’i - mikrofirmalardan iborat.
Umuman, iqtisodiyot fanini rivojlantirishda qator o'quv va ilmiy dargohlar katta hissa qo'shmoqda, shular jumlasiga, O'zRFA Iqtisodiyot instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Agrosanoat majmuida bozor islohotlari instituti, Makroiqtisodiy barqarorlikni o'rganish markazi hamda vazirliklar va oliy o'quv yurtlaridagi 50 ga yaqin muassasalar kiradi.
Mamlakatimizda, jumladan ToshDIU da olib borilayotgan tadqiqotlarda milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tish sharoitidagi xususiyatlari izchil o'rganilmoqda. Masalan, akademik M.Sh. Sharifxo'jaev,
S.S.Fulomov, prof. E.A.Akromov, A.O'lmasov, Sh.Shodmonov va boshqalar o'z asarlarida milliy iqtisodiyot nazariyasini ishlab chiqish va rivojlantirishga muhim hissa qo'shmoqdalar.
Jumladan, iqtisodiy tarix, iqtisodiy ta'limotlar tarixi sohasida professorlar H.S.Sobirov (1922-2003), A.A.Razzoqov, Q.Muftaydinov, N.Q.Yo'ldoshev, Yu.B.Yusupov kabilar jahon va milliy merosimizning noyob durdonalarini o'rganish, tartibga solish va tahlil qilishga katta hissa qo'shmoqdalar.




Moliya, investisiya, pul muomalasi, bank ishi sohalarida S.A. Birjanov (1937-2002), O’.Yu. Rashidov prof. T.S.Malikov, Sh.Z. Abdullaeva, O.Olimjonov, A.Qodirov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik V.V.Kim, prof. A.Abdug'aniev, A.N.Mahmudov, D.Axmedovlar agrar-sanoat kompleksi taraqqiyoti muammolarini tadqiq etmoqdalar.
Prof. Q.Abduraxmonov, A.Nazarov. N.Xo'jaev,
Sh.Xolmo'minov va boshqalar mehnat iqtisodiyoti M.Sh. Sharifxo'jaev va sosiologiyasiga oid darslik va qator o'quv qo'llanmalarni yaratishgan.
Makro va mikro hamda mintaqaviy iqtisodiyot sohasida prof. A.Ishmuhamedov, B.Salimov, N.Ibragimov, E. Mahmudov tadqiqotlari muhimdir.
Statistika bo'yicha prof N.Soatov, X.Nabiev, Z.Toshmatov, E.Akromovlar sermahsul o'quv, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida prof. S.Qodirxonov, M.Umarova, M.To'laxo'jaeva, N.Jo'raev, O.Jumanov, S.Vohidov, O.Bobojonov, K.Jumaniyozov va boshqalar barakali faoliyat ko'rsatishmoqda.
Marketing fani bo'yicha prof. M. Qosimova, D.Muhiddinov, A.Fattoxov va boshqalar milliy bozor shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlarini tadqiq etmoqdalar.


Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida prof. J.Jalalov, R.Shodiev, G.Nazarova va boshqalarning tadqiqotlarini alohida eslab o'tish darkor.
Informatika va axborotlar texnologiyasi bo'yicha akademik S.S.Fulomov, R.Alimov, B.Xodiev, T.Shodiev, Q.Alimov. A.Shermuxamedov, B.Begalov va boshqalarning faoliyati diqqatga sazovordir.
Yuqorida eslab o'tilgan olimlarning tadqiqotlari jahon va milliy iqtisodiy tafakkurini boyitishga ma'lum hissa qo'shib S.S. Gulomov kelmoqdalar. Ayni chog’da milliy iqtisodiy tadqiqotlarimiz shakllanishiga va milliy iqtisodchi mutahassislar tayyorlashga muhim hissa qo’shgan akademik O.M. Aminov (1906-1981), professor M.M. Qoriev (1906-1974)ning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.


Qisqacha xulosalar qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotimizning nazariy-ilmiy, o'quv-amaliy manbalari tobora kengaymoqda. Bu esa, pirovardida yoshlarning malakali mutaxassis va tadbirkor bo'lib etishishiga puxta zamin yaratadi. Chunki XXI asrdagi iqtisodiyot taraqqiyoti va xalq farovonligining asosiy manbai har tomonlama kamol topgan shaxslar hisoblanadi. Bu Konfusiyning «Eng katta sevinch-ilm olishda va uni hayotga V.V.Kim tadbiq etishda» degan o'giti yangi asrda yanada to'laroq o'z isbotini topmoqda.





Download 107.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling