1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati


Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi


Download 107.43 Kb.
bet3/8
Sana26.03.2023
Hajmi107.43 Kb.
#1296083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu

3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi
Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to'liq javob beradigan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining III bo'limi (Jamiyat va shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari) gi 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va haqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin» - deb belgilangan. Ushbu modda iqtisodiy munosabatlarning huquqiy kafolatlarini bayon etadi va barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo'lib xizmat qiladi.
Albatta, konstitusiyamizning hamda halqimizning o'ziga xos xususiyatlari va ilg'or jahon tajribalarini uyg'unlikda mujassamlashtirilgan - dunyoda «o'zbek modeli» deb e'tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining asosiy mezoni hisoblandi.
Islohotlarning «o'zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
• bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo etish;
• SSSR parchalangandan keyingi O'zbekistonning haqiqiy holati;
• xalqning mentaliteti va tarixiy an'analarga islohotlarni amalga oshirishning u yoki bu sur'atlariga aholining tayyorlik darajasi;
• «Shok terapiyasi» dan voz kechish.
Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat.
XXI asr boshida O'zbekiston taraqqiyotining ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo'nalishlar mavjud. Bular:
1. Iqtisodiyotning izchil o'sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta'minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor qaratish ko'zda tutilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 barovar oshirish va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadini 1,8-2,0 barovar ko'paytirish kerak bo'ladi.
2. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatdor va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o'rta biznes rivojlanishiga har tomonlama ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim.
3. Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim.
4. Har qanday muammolarni amaliy echishga qodir bo'lgan kadrlar salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi kadrlar o’rniga zamonaviy fikr yuritadigan, o'z xalqi va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli avlod kelishiga bog'liq.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda ifodalanadi:
• iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek qo'yish;
• iste'molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o'tish;
• importga qaramlikni cheklash;
• eksport salohiyatini oshirish;
• istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o'sish;
• mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta'minlash;
• milliy bozorni ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi talablarini to'laroq qondirish.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimizning dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yahlitligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu yo'nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salohiyatining qisqa muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta'minlashga imkon berdi. Shuning uchun ham 2005-2010 yillarda iqtisodiy salohiyatda erishilishi ko'zda tutilgan tarkibiy o'zgarishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
• qishloq xo'jaligini yangi texnika bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi va unga bog'liq bo'lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish;
• iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo'naltirilgan tuzilmasini shaklllantirish;
• iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
• engil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish;
• yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish; Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi islohotlarning yaqin muddatdagi yo'nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko'zda tutadi:
• byudjetli tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda, byudjet mablag'lari ishlatilishi samaradorligini oshirish. Bunda YaIM ning byudjet orqali kayta taqsimlanishini 40-42%dan 25-28%ga tushirish, bu bilan tovar ishlab chiqaruvchilarga soliq to'lovlari kamayishiga erishadi, ijtimoiy talab ortadi.
• iste'molga ketadigan daromad emas, ko'chmas mulk, zebi-ziynat va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foydalanadigan resurslar (er, suv, ko'chmas mulk) ga soliq oshirishgani holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang'ich texnologik sikldagi soliqlarni kamaytirish;
• iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog'lamlashtirish uchun davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish faoliyatini oshirish, to'lovlar bo'yicha inqirozlarni yumshatish, baho disparitetiga barxam berish;
• raqobatda afzallikka ega bo'lgan qayta ishlash sanoati korxonalarining iqtisodiy o'sish ustunvorliklarini aniqlash orqali mamlakat eksport samaradorligini oshirish;
• milliy valyuta almashuv kursi barqarorligiga erishish.
Mamlakatning O'rta muddatli istiqbolida (2000-2005 yillar) sanoatning qo'shimcha o'sish sur'atlari yiliga 8-9 % ni qishloq xo'jalik mahsulotlari ishi o'sish sur'ati 7-8 % ni, xizmat ko'rsatish sohasida 7-9 % ni tashkil chilishi kutilmoqda. Binobarin, yengil sanoat oziq-ovqat, kimyo sanoati, tekstil va qishloq xo'jalik texnikasi ishlab chiqarishning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi muhim o'rin tutadi. Yangi asr stategiyasida YaIMning 4-5% o'sishning ta'minlovchi import o'rnini ta'minlovchi rivojlanish o'ringa iqtisodiyotning eksportga yo'naltirilgan tuzilmasini shakillantirishga e'tiborni kuchaytirish kerak bo'ladi.



Download 107.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling