1. Ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati


Download 107.43 Kb.
bet8/8
Sana26.03.2023
Hajmi107.43 Kb.
#1296083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu

Birinchidan, bozor hatto eng boy jamiyatni ham narxi belgilab qo’yilgan yorliqlari yo’q tovar va xizmatlar, masalan, ta'lim, mahalliy ma'muriyat, jamoat sog’liqni saqlash xizmati kabilar bilan ta'minlashda samarasiz vosita hisoblanadi. Bozor jamiyati bu tovarlarni sotib olish uchun soliq tushumlarining bir qismini yo’naltiradi, ammo jamiyat a'zolari bu soliqlarni majburiy yig’imlar sifatida qabul qiladi va erkin xarid qilinadigan tovarlardan keskin farq etadi. Shu sababli sof bozor jamiyati ta'lim, sog’liqni saqlash, munitsipalitet, rekreatsiya (ekologiya) va boshqa sohalarga kam mablag’ ajratishga intiladi.
Ikkinchidan, bozor insonning istak va talablarini qondirishda qat'iy iqtisodiy hisob-kitoblarga amal qiladi. Bozor boylarning jonkuyar xizmatkori, ammo qashshoqlarga nisbatan befarq qaraydi. Bu iqtisodiy yutqazish bo’lib qolmasdan, balki ahloqiy yutqazish hamdir. Foyda ketidan quvishni qo’llaymiz, ammo millionlab qashshoqlarning ahvolini sezmaslikka intilamiz. Ayniqsa, globalizatsiya davrida boylar boyimoqda, kambag’allar yanada qashshoqlashmoqda. Bu ijtimoiy xavfdir.
Uchinchidan, bozor tizimi amaliyoti davomida mikro va makro kasalliklarga duchor bo’lib turadi. Bu siklik yoki surunkasiga bo’lib turadigan inflyatsiya, ishsizlik, kambag’allik va atrof-muhitning ifloslanishi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bozor insoniyat uchun xavfli bo’lgan, ammo katta foyda keltiradigan faoliyat bilan shug’ullanishga moyil (masalan, narkobiznes, qurol sotish va boshqalar).
Albatta, mamlakatdagi istalgan sotsial kasalliklarni iqtisodiy tuzum bilan bevosita bog’lash kerak emas, ammo ular o’rtasidagi aloqalarni inkor etish ham xavflidir. Ammo kapitalistik bozor iqtisodiyotining muhim xususiyati shundaki, u bo’layotgan o’zgarishlarga tez moslashadi (adaptatsiya), rivojlanishni ta'minlashga moyillik mavjud. Masalan, 1929-33 yillardagi buyuk depressiya tufayli AQSh va bir qancha davlatlar o’z iqtisodiy siyosatini keskin o’zgartirdi va hokazo. Sobiq sotsialistik mamlakatlar deb atalgan davlatlarning iqtisodiy siyosati adaptatsiyaga moyil bo’lmadi. Bozor iqtisodiyotiga zid (xususiy mulk tugatilib, davlat mulki hal qiluvchi bo’ldi, baholar erkinligi buzildi, qat'iy rejalashtirish joriy etildi, erkin raqobat inkor etildi, yakka partiyaviylik va boshqalar) siyosat bu mamlakatlar inqirozini kuchaytirdi. Buning oqibati esa barchaga ma'lum. XXR va VSR o’z iqtisodiyotini isloh qilishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Yuqoridagilardan shunday qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, iqtisodiy ta'limotlarga baho berganda "bunisi yaxshi, unisi yomon" qabilidagi fikrlar unchalik to’g’ri kelavermaydi. Ayniqsa iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda yakkayu-yagona nazariya yoki ta'limotga sof holda asoslanish qiyin. Amalda bir qancha nazariya va ta'limotlarning qorishmasidan foydalaniladi. Shuning uchun ham, mavjud iqtisodiy ta'limotlarni sinchiklab o’rganish va ularni ma'lum tarixiy, milliy, an'anaviy, ijtimoiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda qo’llash samarali natija beradi.
Har qanday nazariya, ta'limotning asosiy mezoni amaliy hayotdir.
Download 107.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling