1-ma’ruza. 1-modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
BMTning 1995 yil ma’lumotiga ko‘ra inson
Download 52.69 Kb.
|
1-maruza Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatsharoiti IUQ
- Xavfsizlikni sistemali tahlili.
- Tahlil usullari Havfsizlikni tahlil qilish asosan ikki xil usul bilan aprior
BMTning 1995 yil ma’lumotiga ko‘ra inson umrining qisqarishi (IUQ). (soatlarda)
1.4 jadval
Xavfsizlikni sistemali tahlili. Bu, xavfsizlikni murakkab masalalarini hal qilish yechimini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan tadbirlar majmuasidir. Sistema deb o‘zaro tasiri bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan aloqador komponentlar yig‘indisiga aytiladi. Komponentlar deganda /elementlar, tashkil qiluvchi qismlar/ faqatgina moddiy ob’ektlar emas balki munosabat va aloqalar ham tushuniladi. Har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Tarkibida odam ishtirok etadigan sistema yerga tik sistema deyiladi. Bunday sistemaga misollar “Odam - mashina”, “odam - mashina – atrof muhit” va boshqalar. Umuman olganda har qanday biror jism biror sistemaga mansub. Sistemalash prinsipida xodisalarga o‘zaro bog‘liq ravishda bir dasta yoki to‘plam tariqasida qaraladi. Sistema beradigan maqsad yoki natija sistemani tashkil qiluvchi element deb ataladi. Masalan, yong‘in bo‘lishi uchun yonuvchi modda, oksidlovchi modda va energiya impulsi mavjud bo‘lishi kerak. Shu komponentlardan birortasini olib qo‘ysak sistema buziladi, yong‘in bo‘lmaydi. - yong‘in - harorat, yorug‘lik, tutun. - yog‘och – bu xususiyatlar yo‘q. - kislorod – bu xususiyatlar yo‘q. en. impulsi – haroratdan boshqasi yo‘q. Sistema, uni tashkil qiluvchi komponentlarida bo‘lmagan sifatga egadir. Bu ularning muhim xususiyatlaridir. Xavfsizlikning sistemali tahlilining maqsadi ko‘ngilsiz xodisalarni /avariya, katastrofa, yong‘in, jarohatlar paydo bo‘lish sabablarini aniqlashdir. “Sabablar va xavflar shajarasi” – sistema tariqasida. Har qanday xavf, qandaydir sabab va sabablar tufayli zarar keltirib yuzaga chiqadi. Sababsiz havf bo‘lmaydi. Demak, havfdan saqlanish uchun uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishimiz kerak. Sababi ma’lum bo‘lsa, havfni oldini olish mumkin. Xavf va sabablar orasida uzviy bog‘lanish mavjud. Bir sabab ikkinchi sababi yoqibat bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, sabablar va xavflar ierarxik, zanjirsimon strukturani, sistemani tashkil qiladi. Shunday zanjirsimon strukturalarning chizmasi shoxdor daraxtgao‘xshash bo‘lganligi uchun xorijda “sabablardaraxti” – “shajarasi” “inkorlarshajarasi”, “xavflarshajarasi” tushunchalari ishlatiladi. Shajarani tuzishda xavflar shohi, sabablar shohi mavjud bo‘lib ular orasidagi bog‘lanishning dialektik xarakterini ko‘rsatadi. Ularning bir-biridan ajratib tashlash maqsadga muvofiq emas, mumkin ham emas. Shuning uchun havfsizlikni tahlil etishda tuzilgan shajarani “sabablar va xavflar shajarasi” deb atash lozim bo‘ladi. Ko‘ngilsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda /avariya, jarohatlar, yong‘inlar, yo‘l – transport xodisalari shajara tuzish yaxshi samara beradi. Tahlil usullari Havfsizlikni tahlil qilish asosan ikki xil usul bilan aprior (ko‘ngilsiz xodisadan avval va aposterior ko‘ngilsiz xodisadan keyin) amalga oshiriladi. Ikkala usulda ham to‘g‘ri va teskari usulni qo‘llash mumkin. Aprior tahlili Tadqiqotchi bu usulda baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan, shu sistemaga yashirin aloqador barcha ko‘ngilsiz xodisalarni tanlab oladi. Aposterior tahlili Bu tahlil usuli ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lgandan so‘ng bajariladi. Bundan maqsad kelgusiga tahlillar bir-birini to‘ldiradi. Teskari usulda esa, oqibat tahlil qilinib-sabablari aniqlanadi. Hamma holatda ham yakuniy maqsad bitta-ko‘ngilsiz xodisalarni oldini olish. Dastlabki ko‘ngilsiz voqealarning sodir bo‘lish ehtimolini va takrorlanish chastotasini bilgan taqdirda yakuniy xodisaning ehtimolini aniqlash mumkin. Havfsizlikni tahlil qilishda asosiy muammo sistemaning parametrlarini va chegaralarini aniqlab olishdir. Agar sistema juda cheklangan holda olinsa unda sistemalashgan uzuq-yuluq ogohlantiruvni tadbirlar olish ehtimoli oshadi, yoki ayrim xavfli xodisalar diqqatdan chetda qolishi mumkin. Boshqa tarafdan, ko‘rilayotgan sistema juda cheksiz, umumiy qilib olinsa unda tahlil natijalari noaniq bo‘lib qoladi. Shuning uchun tadqiqotchi oldida qaysi darajada tahlil qilish savoli ko‘ndalang turadi. Bus avolga javob tahlilning aniq maqsadiga bog‘liq. Download 52.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling