Yashash muhiti evolyusiyasi, texnosferagao‘tish
Odamzot va jamiyat taraqqiyotining barcha o‘timishlarida yashash muhitiga ta’sir qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta’siri ko‘plab asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrning yarmidan boshlab bu ta’sir keskin orta bordi.
XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta’sirning salbiy oqibatlarig auchragan hududlar paydo bo‘ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, ayrim xolatlarda to‘liq buzilishiga olib keldi. Bu o‘zgarishlarga olibkelgan sabablar quyidagilardir:
Yer aholisi sonining o‘sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va uning urbanizatsiyasi;
Energetik resurslar extiyojining ortishi va zahiralanishi;
Sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi;
Transport vositalarining juda ko‘plab qo‘llanishi;
Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi.
Demografik portlash. Tibbiyot fanining yutuqlari. Yashash sharoitlarining yaxshilanishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari hosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga qator hududlarda tug‘ilish yuqoriligicha davom etmoqda.
Xozirgi kunda yer aholisi soni jadallik bilan ko‘payib bormoqda.
1.1 jadval
Masalan:
|
1840
|
1930
|
1962
|
1975
|
1987
|
1999
|
2015
|
|
1 mlrd.
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Aholi bo‘lgan. ayrim olimlarning bashoratlariga qaraganda asrimiz oxiriga borib yer aholisining soni 28 - 30 mlrd.ga yetishi kutilyapti. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) Yer aholisini oziq –ovqat va zaruriy narsalar bilan ta’minlay olmaydi. Ma’lum vaqtdan so‘ng Yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu provard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi.
Urbanizatsiya. Demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar aholisi sonining jadallik bilan ko‘payishi kuzatilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |