1-ma’ruza. 1-modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
Fanning kelib chiqish tarixi, fanning tarkibi, fanning maqsad va vazifalari
Download 52.69 Kb.
|
1-maruza Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
1.1. Fanning kelib chiqish tarixi, fanning tarkibi, fanning maqsad va vazifalari.
Bu fan 1976 yilgacha “Xavfsizlik texnikasi” deb va 1990 yilgacha “Mehnat muhofazasi” deb atalib kelgan. U quyidagi bo‘limlardan iborat edi: 1. Mehnat muhofazasining xuquqiy asoslari; 2. Mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi; 3. Xavfsizlik texnikasi; 4. Yong‘in xavfsizligi. 1990 yil 9 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 473-buyrug‘iga binoan yangi HFX fani joriy qilindi. Bu fan tarkibi bo‘yicha 4 qismdan iborat: 1-qism.HFX ning nazariy asoslari; 2-qism.HFX ning tabiiy aspektlari, (ekologiya); 3-qism.HFX mehnat sharoitida, (mehnat muhofazasi); 4-qism.HFX favqulodda holat sharoitlarida, (fuqaro muhofazasi); Fanning maqsadi – inson faoliyatining har qanday sharoitdagi xavfsizligini o‘rganishdir. Fanning vazifasi - bo‘lg‘usi mutaxassislarga xavflarning turlari va ulardan muhofazalanish usullarini o‘rgatish. Ilgari bu fan alohida-alohida bir-biriga bog‘lanmagan holda o‘qitilar edi. Masalan ekologiya – umumiy umum muhandislik fani sifatida, mehnat muhofazasi – insonning mehnat sharoitidagi xavfsizligini, fuqaro muhofazasi esa insonning favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligini ta’minlash masalalarini o‘rganar edi, xolos. Uning tarbiya muhiti, ruhiyati va boshqa ko‘pgina omillar hisobga olinmas edi. Ma’lumki insonning hamma aktiv harakati (mehnat jarayoni, dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi va h.k.) uning faoliyatini tashkil qiladi. Olloh taolo insonni yaratganda uni rizqi bilan yaratgan. Lekin u rizqini o‘z mehnati bilan topishi kerak. Bu yo‘lda u ko‘pgina xavf-xatarlarga uchraydi. Hozirgi vaqtda inson tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa ko‘plab xavf-xatarlar dunyosida yashaydi. Bularga bardosh bera olmagan hayotdan ko‘z yumadi. Bundan tashqari tabiatda ofatlar, yer qimirlashi, suv toshqini, tayfunlar, yong‘inlar, tog‘ siljishlari va boshqalar bo‘lib turadi. Bular inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz bersa, inson faoliyati bilan bog‘liq portlashlar, avariyalar, yong‘inlar va boshqa yirik ko‘ngilsiz voqealar bo‘lib turadi. Bularga ko‘plab misollar keltirish mumkin: Armanistondagi yer qimirlashi, Jigaristondagi yer siljishi, Chernobildagi AESning portlashi, Ufa atrofida temir yo‘ldagi portlash, 1992 yil 3 martdagi “Moskva-Riga” poezdlarining to‘qnashuvi. 1992 yil avgustdagi janubiy Qirg‘izistondagi yer qimirlashi. 1992 yil Ukraina shaxtasidagi portlash va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, talofatlar iternatsional xarakterga egadir. 1984 yilda Bxopal (Hindiston) shahrida AQSHning "Yunion-Karbayd" zavodida metilizotsionat zaharli gazining sizib chiqishi natijasida 3150 kishi halok bo‘lgan, 20 ming kishi to‘la nogiron bo‘lgan va 200 ming kishi kasallangan. 1988 yil 20 dekabrda Tablas /Fillipin/ bo‘g‘ozida kemalar to‘qnashuvi natijasida 5393 kishi halok bo‘lgan, 2004 yildagi Tinch okeanidagi sunami, 2010 yil Gaiti orolidagi, shu yil fevral oyidagi Chilidagi zilzila va boshqa ko‘plab tabiiy ofatlar insoniyatga son – sanoqsiz kulfatlar olib keldi. Shularni hisobga olib BMTning 42-sessiyasi 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va talofatlarni kamaytirish, bexatarlik 10 yilligi deb belgiladi. Binobarin, hozirgi sharoitda shaxsning va jamiyatning xavfsizligini taminlash uchun kasbiy va tarmoq manfaatlari qobig‘idan chiqib, bu muammolarni keng miqyosda hal qilish hayot taqozosidir. Ana shunday imkoniyatlarni ushbu HFX fani ochib beradi. U hayotning asosiy qonunlarini, prinsipini va usullarini ko‘rib chiqadi. HFX – bu xavfsizlikni inson faoliyatining barcha jabhalarida qo‘llash mumkin bo‘lgan nazariy asosidir. Bu mutaxassislarning bilimida asosiy rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham mutaxassis shu ish jarayonida sodir bo‘ladigan xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilmasa, ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan zaharli moddalardan saqlanish usullarni bilmasa, ishchilarni sog‘lig‘ini saqlay olmasa unday mutaxassis mutaxassis emas. HFX, fani bir necha umumiy tushunchalar bilan bog‘liq. "Faoliyat" – insoniyatning mavjud bo‘lishi uchun kerakli sharoit. "Mehnat" – faoliyatning yuqori formasi. Ensiklopediyada keltirilishicha faoliyat va mehnat turlari ko‘p qirralidir. Ular maishiy hayotda, jamiyat hayotida, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy va hayotning boshqa jabhalarida kechadigan amaliy aqliy va ruhiy jarayonlardan iborat. Faoliyat jarayoni nusxasi /modeli/ umumiy holda asosan ikki elementdan, yani inson va muhit orasidagi munosabatlardan tuzilgan1. “Inson-muhit” sistemasi ikki maqsadni ko‘zlaydi: ma’lum bir samaraga erishish; ko‘ngilsiz oqibatlardan holi bo‘lish. Ko‘ngilsiz oqibatlarga avariyalar, yong‘inlar, kishi sog‘lig‘iga va hayotiga zarar yetkazish holatlari va boshqalar kiradi. Shunday ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi ta’sir, jarayon va hodisalar xavfr deb ataladi. Xavflar yashirin va yaqqol bo‘ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq sharoitlar kerak. Shu sharoitlar sabab deb ataladi. Masalan, xavflar va oqibatlarni xarakterlovchi ayrim misollarga e’tibor bering: - oxirgi 30 yilda /1985-2015/ yer yuzida tabiiy ofatlar 2 marta ko‘paygan, yillar orasida dunyo bo‘yicha asab kasalliklari 24 marta ko‘paygan; - hozir yer yuzida 500 mln.ga yaqin nogironlar bor, shulardan 100 mln. ni baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo‘lgan; - O‘zbekistonda 2005 yilda 24000 baxtsiz hodisa ro‘y bergan, shundan 450 kishi o‘lgan; - birgina Qizilqum sement zavodida 2004 yilda 704 ta baxtsiz hodisa bo‘lgan, shundan 155 kishi o‘lgan. 2005 yilda 780 ta baxtsiz hodisa bo‘lgan, shundan 170 kishi o‘lgan (2006 yil 26 apreldagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. prof. Bilol Hilolovich). Tajriba shuni ko‘rsatadiki, har qanday faoliyat ostida yashirin xavf yotadi. Bu tasdiq aksioma xarakteriga ega. Shu bilan bir vaqtda xavf darajasi (tavakkal-risk)ni boshqarish mumkin. Bu fikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo‘lmasligiga asoslangan. Xavfsizlik – ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo‘ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik – bu maqsad. HFX - shu maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan vosita, yo‘l-yo‘riq, qo‘llanma va usullardir. HFX-bu xavflarni va ulardan saqlanishni o‘rganadigan nazariy fandir. Bu fan uchta o‘zaro bog‘liq masalalarni yechadi: Xavflarni umumlashtirish, yani ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko‘rsatish. Sarf-harajatlar va foydani solishtirish asosida xavflardan himoya qilish; Paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy xavflarni yo‘qotish. Xavfsizlik masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko‘p ulug‘ allomalar shug‘ullanib kelishgan. Masalan: Gippokrat (460-377) b. eragacha. Aristotel (384-322) b.yeragacha, ulug‘ o‘zbek hakimi Abu Ali ibn Sino o‘z ishlarida bundan ming yil muqaddam (980-1037) gigiena faniga asos solgan. Nemis olimi, tabib va muhandis Agrikola (1497-1555) o‘zining “Tog‘ ishlari haqida” asarida mehnat muhofazasi masalalarini o‘rganib chiqadi. Italiya tabibi Ramatsini (1633-1714) tozalik gigienasiga asos solgan. Lomonosov M.V. (1711-1765) tog‘ konlarida mehnat muhofazasi to‘g‘risida monografiya yozgan. 19-asrning II yarmidan boshlab sanoatda, texnika rivojlanishi munosabati bilan bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug‘ullanganlar. Masalan, Kirpichev (1845-1913), PressA.A (1857-1930), Nikol’skiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), SkochinskiyA.A. (1874-1960), Kaplun S. (1897- 1943) va boshqalar. HFX o‘z nazariyasi va metodologiyasiga ega. Shunga qaramasdan HFX muhandislik, ruhiy holat, inson fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika iqtisod, mantiq va boshqa yutuqlarga asoslangan. HFXning metodologik asosi bu tarkibiy tahlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan hozirgi davrida HFXning ahamiyati yanada oshdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi. Shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o‘rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu HFXning vazifasi va maqsadidir. U jamiyatimizning mustaxkamlanishida, xalqning xavfsizlik darajasini ko‘tarishda hissa qo‘shadi va muhim ijtimoiy ro’ o‘l ynaydi. Download 52.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling