2. Davlat kadastrlari ob’ektlar va sub’ektlar tavsifi
Er, konlar hamda foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari, suv, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi, alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, binolar va inshootlar, shahar va shaharchalar, gidrotexnika inshootlari, madaniy meros ob’ektlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, etkazib berish quvurlari, aloqa ob’ektlari, energetika ob’ektlari, chiqindilarni ko‘mish va yo‘q qilish joylari, texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ob’ektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining ob’ektlari hisoblanadi.
Tegishli davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlor bilan belgilanadi.
3. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlari davlat boshqaruvi barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladon xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga egadir. Kadastr hujjatlari mulkchilik va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi ob’ektlar to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodii va texnik ma’lumotlarning boshlang‘ich manbai sifatida kabul kilinishi kerak.
Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
xar bir kadastr ob’ektlari turi bo‘yicha O‘zbekistan Respublikasining barcha hududlarini to‘liq qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini qo‘llash;
kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi;
kadastr axborotlarining ochikligi.
Amaldagi kadastrlar va axborotlar tizimlari doirasida olingan ob’ektlarning hisobi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijalari Davlat kadastrlari yagona tizimiga «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi va davlat tegishli kadastrlarini yuritish to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadigan tartibda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul beriladi.
«Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi va ma’lumotlarni taqdim etuvchi organlarning mansabdor shaxslari Davlat kadastrlari yagona tizimidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun konun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog‘lik ishlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |