1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


*) Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan. 3. DAVLAT ER KADASTRINI YURITISHNI TASHKIL ETISH


Download 1.87 Mb.
bet21/58
Sana27.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1235160
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
1. Maruza matn

*) Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan.


3. DAVLAT ER KADASTRINI YURITISHNI TASHKIL ETISH



Ergeodezkadastr”
davlat qo‘mitasi




Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari




Tuman (shahar) ) er resurslari va davlat kadastri bo‘limlar












davlat er kadastri yuritilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
topografiya-geodeziya ishlarini va erlarni tegishli masshtablarda xaritaga olishni tashkil qiladi;
er resurslarini aerokosmik usullar bilan o‘rganishni tashkil etadi;
hududiy bo‘linmalarning erlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
ishlab chiqilgan er kadastri axborotlari sifatini nazorat qiladi;
mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
tuproq, geobotanik va boshqa turdagi maxsus tadqiqotlarni, erlarni baholashni tashkil etadi;
er kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni muntazam o‘rganib boradi, er kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi;
respublika mintaqalari bo‘yicha er kadastri hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab beradi;
avtomatlashtirilgan er axboroti tizimini joriy etishni va uning faoliyatini amalga oshiradi;
er kadastri axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma’lumotlar taqdim etadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan er kadastri axborotlari tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi;
har yili 1 martgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Er resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisobotni taqdim etadi.

tumanlar (shaharlar) er resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining er kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
tumanlar (shaharlar) er resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining hisobotlarini umumlashtiradilar, er uchastkasiga egalik huquqi sub’ektlari, mintaqadagi er resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir ma’lumotlar bankini yaratadilar, Respublika er ma’lumotlari yagona bankini yaratishda qatnashadilar;
er uchastkalariga bo‘lgan mulkchilik, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ijaraga olish huquqini, servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va ushbu huquqlar bo‘yicha boshqa cheklashlarni ro‘yxatdan o‘tkazadilar;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa erlarining miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili 1 fevralgacha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasiga taqdim etadilar.



mulkdorlardan, er egalaridan, erdan foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, er uchastkalarining tarkibida va er uchastkalaridan foydalanishda yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy o‘zgarishlarni uch kun mobaynida er kadastri axborotiga kiritadilar;
tuman (shahar) er resurslari miqdori va ularning sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar banklarini tuzadilar va ularni zamonaviy darajada tutadilar;
har yili 15 yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar er resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga erlarning miqdori va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling