1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


Binolar va inshootlar davlat kadastri ob’ektlar va ular bo‘yicha davlat kadastri yagona tizimga taqdim etiladigan ma’lumotlari


Download 1.87 Mb.
bet23/58
Sana27.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1235160
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
1. Maruza matn

Binolar va inshootlar davlat kadastri ob’ektlar va ular bo‘yicha davlat kadastri yagona tizimga taqdim etiladigan ma’lumotlari




NORMATIV HUQUQIY BAZASI

1. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (1998 yil 24 dekabrdagi 713-I-son Qonun bilan tasdiqlangan 1998 yil 24 dekabrdagi 714-I-son Qaror bilan amalga kiritilgan).
2. O‘zbekiston Respublikasining SHaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasining 04.04.2002 y. 353-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 04.04.2002 y. 354-II-son Qaroriga muvofiq amalga kiritilgan)
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi 1997 yil 2 iyundagi 278-son qarori.

YURITISH TARTIBI

1. Tura uy-joy, bino va inshootlarning mulkdorlari/foydalanuvchilari o‘zlariga mulkiy huquq bilan tegishli bo‘lgan ob’ektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini Tuman (shahar) er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlariga taqdim etadilar.
2. Tuman (shahar) er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlari ushbu ob’ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan tura uy-joy, bino va inshootlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, tura uy-joy, bino va inshootlari bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlariga beradi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlari er uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlari er uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritgandan keyin kadastr axborotlarini "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlari so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan er uchastkalari, bino va inshootlar bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin.
6. "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining Geodeziya va kartografiya milliy markazi DKYAT ma’lumotlar bazasidan er uchastkalari, bino va inshootlar bo‘yicha zarur axborotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan er uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini olishi mumkin.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling