Hududlar davlat kadastri umumdavlat (DKYAT va Milliy geoaxborot tizimi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) darajasida yuritiladi. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar:
respublika darajasida — Geodeziya va kartografiya milliy markazi;
mintaqa, tuman va shahar darajalarida — tegishli hududiy er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasiga o‘z vakolatlari doirasida hududlar davlat kadastri tizimi uchun axborot resurslarini taqdim etish uchun mas’ul bo‘lgan quyidagi bazaviy sub’ektlar kiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan foydalanish ma’lumotlari uchun;
- irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
- gidrotexnika inshootlari davlat kadastri ma’lumotlari (kapitalligi III klassdan past gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligi bo‘yicha);
- davlat o‘rmon kadastri ma’lumotlari uchun;
2) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (portlash xavfi va yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan zonalar (ob’ektlar) — bo‘lim) ma’lumotlari uchun;
- ichki ishlar organlarining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlari, tayanch punktlari, yo‘l-patrul xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati postlarining va ichki ishlar organlari blok-postlarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
3) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
- joydagi ob’ektlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborot uchun;
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — xavfi yuqori bo‘lgan, odamlarni evakuatsiya qilish yoki ko‘chirishni talab qiladigan zonalar) ma’lumotlari uchun;
4) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi — moddiy madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlari va ushbu ob’ektlarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning ulanish ma’lumotlari uchun;
5) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar kadastri (bo‘lim — kuchli ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar, pestitsidlar, radioizotop mahsulotlar, radioaktiv moddalar va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ob’ektlari) ma’lumotlari uchun;
- sog‘liqni saqlash muassasalari: kasalxonalar, klinikalar, poliklinikalar, feldsherlik hamda jarohatlanish punktlari, dispanserlar, dorixonalar va boshqalarning joylashishi hamda ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
6) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
- idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
8) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi:
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
9) O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi:
- aloqa ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
10) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
- konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
- tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — xavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish zonalari) ma’lumotlari uchun;
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
- davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlari;
- qurilayotgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
12) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
- hayvonot dunyosi davlat kadastri ma’lumotlari;
- o‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
- chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri ma’lumotlari;
- muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
13) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi:
- aholi soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar uchun;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida shakllanadigan tumanlar (shaharlar) bo‘yicha alohida yillik statistik ko‘rsatkichlar uchun;
14) «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi:
- davlat er kadastri ma’lumotlari uchun;
- binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
- kartografiya-geodeziya davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
15) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
- davlat suv kadastri (er usti suvlari, er osti suvlari, suv resurslaridan foydalanish) ma’lumotlari uchun;
- tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri kadastri (bo‘lim — gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun;
16) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
- tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun;;
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — yadro fizikasi korxonalaridagi radiatsiya xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun;
17) O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi:
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — ishlab chiqarish ob’ektlarida, portlash-yong‘in xavfi va radiatsiya xavfi bo‘lgan ob’ektlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun;
- texnogen xavf yuqori bo‘lgan ob’ektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning ulanish ma’lumotlari uchun;
18) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Davsuvxo‘jaliknazorat» davlat inspeksiyasi:
- gidrotexnika inshoootlari davlat kadastri (davlat mulkida bo‘lgan, shuningdek respublika va mintaqaviy suv xo‘jaligi va energetika tizimlariga kiradigan kapitalligi I, II, III klassli gidrotexnika inshootlari bo‘yicha) ma’lumotlari uchun;
19) «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi:
- temir yo‘llar davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
20) «O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi:
- avtomobil yo‘llari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;
21) «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi:
- energetika ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun;;
- gidrotexnika inshootlari davlat kadastri (kapitalligi III klassdan past gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligi bo‘yicha) ma’lumotlari uchun;
22) «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi:
- etkazib berish quvurlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun.
|