1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining tovarlar tarkibi (% da)


Download 0.89 Mb.
bet46/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
geosiyosat

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining tovarlar tarkibi (% da)





Eksport:

Import:

2000 y.

2018 y.

2000 y.

2018 y.

100,0

100,0

100,0

100,0

Paxta tolasi

27,0

3,7

-

-

Oziq-ovqat mahsulotlari

5,4

6,8

12,3

9,1

Kimyo mahsulotlari va plastmassa

2,9

6,9

13,0

15,3

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

10,3

14,9

3,8

5,3

Qora va rangli metallar

6,6

7,1

8,6

9,1

Mashina va asbob uskunalar

3,4

2,8

35,4

36,1

Xizmatlar

13,7

19,4

8,5

14,1

Boshqalar

30,2

38,5

17,8

11,0

Izoh: jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Hozirda mamlakatimiz eksportida eng katta o‘rinni xizmatlar (19,4 %) va energiya manbalari hamda neft mahsulotlari (14,9 %) egallaydi. So‘nggi yillarda meva, sabzavotlarni eksport qilish ko‘paydi.


O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari ikki hududiy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Bular MDH (yaqin xorij yoki sobiq Ittifoq respublikalari) davlatlari hamda uzoq xorij davlatlari (MDHdan boshqa davlatlar). O‘zbekiston tashqi savdosida uzoq xorij davlatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Jumladan, 2017 yili O‘zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasi xajmi 26905,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 9200,8 mln dollari (34,2%) MDH davlatlariga, 17705,1 dollari esa (65,8%) uzoq xorij davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Keyingi yillarda O‘zbekiston tashqi savdosida MDH davlatlari ulushi kamayib (2014 y.-43,9%; 2017 y.-34,2%), aksincha uzoq xorij davlatlari ulushi kshpayib bormoqda (2014 y.- 56,1%; 2017 y.-65,8%). 2017 yil xolatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdosining mamlakatlar guruxlari bo‘yicha tarkibida asosiy o‘rinni MDH davlatlari (eksport-32,5%; import-35,7%) egallaydi. Keyingi o‘rinlarda Yevropa Ittifoqi (mos ravishda 3,7%; 15,5%), IXTT davlatlari (11,4%; 29,2%), OPEK davlatlari (2,6%; 1,2%), Boltiqbo‘yi davlatlari (0,7%; 3,6%), Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari (0,04%; 0,23%) turadi.
O‘zbekiston tashqi savdosining qit’alar bo‘yicha tarkibida ham o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Bunda, eng avvalo, asosiy o‘rinni Yevropa va Osiyo qit’asi egallab, ular O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining 90,8% ni tashkil qiladi. Bunda Osiyo qit’asining ulushi 47,8% ni, Yevropaning ulushi esa 43,0% ga teng. So‘nggi yillarda Osiyoning ulushi kamayib, Yevropaning ulushi biroz ortishi kuzatiladi. O‘zbekiston tashqi savdosida keyingi o‘rinni Amerika qit’asi egallaydi. Uning ulushi 2,4% ni tashkil qiladi. Shuningdek, Afrikaga – 0,1 %, Avstraliya va Okeaniya ulushi esa juda kichikdir.
O‘zbekistonning tashqi savdosida MDH davlatlari alohida o‘rin tutadi. 2017 yilda mamlakatimizning MDH davlatlariga eksportida asosiy savdo hamkorlarimiz, bular – Rossiya va qo‘shni Qozog‘iston Respublikalaridir. Ularga O‘zbekiston eksportining 76,0 % to‘g‘ri keladi ( -jadval). Bunda Rossiyaning ulushi – 50,5% ga, Qozog‘istonning ulushi esa 25,5% ga teng. Keyingi o‘rinlardagi asosiy savdo hamkorlarimiz – Qirg‘izston (4,3%), Tojikiston (4,4%), Ukraina (2,5%) va Turkmaniston Respublikasi (1,%) xisoblanadi. Qolgan MDH respublikalarining ulushi 1,0% dan kam.
Yuqoridagi kabi O‘zbekistonning iportida ham yetakchi o‘rinlar Rossiya (54,1 %), Qozog‘iston (19,9%) Respublikalariga tegishli. Belorus, Qirg‘izston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina davlatlarining ulushi 5% ga yetmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston eksportida, eng katta savdo xamkorlarimiz bo‘lgan Rossiyaning ulushi sezilarli o‘sgan bo‘lsa, aksincha Qozog‘istonning ulushi sezilarli kamaygan. Bunday xususiyatlar O‘zbekiston importda ham ko‘zga tashlanadi.
3-jadval

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling