1-ma`ruza. Касбга йўналтириб ўқитишнинг мақсад ва вазифалари. Касбга йўналтириб ўқитишнинг педагогик ва психологик асослари. Математиканинг касбий фанлар билан алоқадорлигининг ўрни ва аҳамияти
Download 87.59 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 маъруза
«Kim bo’lsam ekan» mavzusida o’tkazilgan ochiq tarbiyaviy dars ishlanmasidan namuna.
Darsning maqsadi: O’quvchilarni kasbga yo’naltirish, mehnatga muhabbat, milliy g`ururni shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni sevishga o’rgatish. Darsning borishi: 1-o’quvchi: O’sib-o’sib yildan – yil O’n ettiga to’laman, Kasblar juda xilma – xil, Men-chi? Men kim bo’laman? 2-o’quvchi: Kitob tutgan hamoni Shuni yaxshi anglab ol: Kasbning bo’lmas yomoni, Yoqqanini tanlab ol! 1-o’quvchi: Assalomu alaykum hurmatli nur taratuvchi ustozlar, mehribon ota-onalar va aziz sinfdoshlar. 2-o’quvchi: Sizlarni «Kim bo’lsam ekan» mavzusida o’tkaziladigan davramizni tinglashga taklif etamiz. 1-o’quvchi: Inson uyqusiz yashashi mumkin, lekin orzusiz yashay olmaydi. Orzu kishining qanoti. Hayotning oltin darvozasini ochish uchun oltin kalit kerak. Bu oltin kalit – ilm va hunardir. 2-o’quvchi: Inson yashamoqdan tolmasin uchun, Qalbiga bir olam tilak berilgan. Tilak faqat dilda qolmasin uchun, Odamga zabardast bilak berilgan. 1-o’quvchi: Sinfdagi o’quvchilar o’zlari yoqtirgan kasblari haqida birin ketin so’zlab beradilar. Zamira: Mening ota–onam «Shirin kulcha» xususiy firmasida ishlaydilar. Turli shirin kulchalar, sharmoy nonlar va har xil pishiriqlar tayyorlashadi. Men ota-onam kasbini juda hurmat qilaman. Kelgusida men ham shu kasbni tanlamoqchiman. Gulasal: Mening oyim o’qituvchi. Men ham shu kasbni havas qilaman, oyim kabi o’qituvchi bo’lib ishlashga harakat qilyapman. Buning uchun har kun uy vazifalarimni vaqtida tayyorlab o’z bilimimni oshirib bormoqdaman. Sanjarbek: Mening oyim shifokor. Har kuni ertalab oyim ishga ketayotganlarida men unga havas qilaman. Bu kasb juda zarur va qadrli kasb ekanligini his qilaman. Men ham oyim kabi shifokor bo’lmoqchiman. Mening oyim shifokor Bemorni davolaydi, Otam esa binokor Yog`ochlar randalaydi. Shundan so’ng o’quvchilar mehnat haqida maqollar aytdilar. 1.Hunar zo’r, hunarsiz xor. 2. Bir yigitga 70 hunar oz. 3. Ota kasbi – davlat kasbi 4. Tekin boylik axtarguncha, o’zingga bob hunar top. 5. Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz hunar. 6. Usta ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg`alar. 7. Qunt bilan o’rgangin hunar, hunardan risqing unar. 8. Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishining. 9. Hunarlining qo’li gul. 10. Kasblarning yomoni yo’q istaganingni tanlab ol. 11. Ish ustasidan qo’rqar. Yana o’quvchilar o’zlari tanlamoqchi bo’lgan kasblari haqida gapirdilar. Sevara: «Xalqqa xizmat oliy himmat» deydi xalqimiz. Men oshpaz bo’lmoqchiman. Pazandalik oson ish emas. Kuni bilan issiq qozon atrofida yurishga to’g`ri keladi. Mayli men shu kasbni tanlayman. Bo’ling bizlarga mehmon Bezadik bogy dasturxon. Turli xil taomlar bor, Ne istasangiz bor. Yolg`on emas so’zimiz Pazandasi o’zimiz Iroda qiz pazanda, Ana oshi qozonda Chuchvaralar qanotli, Eb ko’ring juda totli. Yog`i tuzi joyida, Ishida bor qoida. Emay qolmang armonda Iroda qiz pazanda. Sabzilar naq cho’g`-olov, Ana suzildi palov Do’lanaday guruchi Mazasin totingchi? Buni pishirdi Suxrob, Navbat kutar sixkabob, Somsa jarkob, mastava, Xafa bo’lmasin sho’rva. Har biriga ishtaha, Bo’larkan boshqa-boshqa. Har gal tuzab dasturxon Kutamiz aziz mehmon. 1-o’quvchi: Shuning bilan quvnoq davramizni yakunlaymiz. Hammangizga orzularingizga erishishingizda muvaffaqiyat, sog`lik omonlik talaymiz. 2-o’quvchi: Vatan agar bo’lsa bir chaman Bizlar uning handon g`unchasi Ota – ona mehnati Bilan Hamma: Vatan yana obod bo’lg`usi. Tarbiyaviy mashg`ulotni o’qituvchi yakunlar ekan har bir kasb haqida shirin so’zlarni aytdi. O’quvchilarga bu kasblarni egallash uchun zarur bilimlarni olishlari kerakligini bildirdi. Mashg`ulotda qatnashayotgan ota-onalar o’z farzandlarining chiqishlaridan xursand bo’ldilar. Download 87.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling