1-ma’ruza. Kimyo faniga kirish. Kimyoning


Download 227.69 Kb.
bet7/12
Sana11.05.2023
Hajmi227.69 Kb.
#1451371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Temperatura – bir ob‘ekt ikkinchisiga nisbatan qanchalik issiq yoki sovuqligining o’lchovi. Temperatura sistema zarrachalarining o’rtacha kinetik energiyasi bilan belgilanadi.
Issiqlik – energiyaning bir turi bo’lib, u yuqoriroq temperaturaga ega bo’lgan ob‘ektdan temperaturasi kichikroq bo’lgan ob‘ektga uzatiladi. Issiqlik sistemadagi alohida zarrachaning kinetik energiyasi bilan belgilanadi. Agar siz muz bo’lakchasini qo’lingizda ushlab turgan bo’lsangiz, sovuq muzdan qo’lingizga o’tayotgandek bo’lib tuyuladi, aslida esa issiqlik sizning qo’linizdan muz bo’lakchasiga o’tayotgan bo’ladi. Laboratoriyalarda temperaturani simobli termometrlarda o’lchanadi.
Simobning issiqlikdan kengayishi va kapillyar bo’yicha tepaga ko’tarilishi hisobiga temperatura o’lchanadi. Agar ob‘ektning temperaturasi simobning temperaturasidan past bo’lsa, unda aksincha, simob ichki trubka bo’ylab pastga tushadi va 0С (Selsiy shkalasi) ga nisbatan manfiy qiymatni ko’rsatadi. 3 ta temperatura shkalalari mavjud: Selsiy, Kelvin va Farengeyt shkalalari. AQSH da ob-havoni e‘lon qilganda temperaturani Kelvinlarda ifodalaydilar. Kelvin shkalasi Selsiy shkalasi bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarni o’tkazayotganda qo’llaniladi. 1.6 rasmda suvning qaynash va muzlash temperaturalari uchta temperatura shkalalarida ko’rsatilgan: Selsiy shkalasi bo’yicha suvning muzlash temperaturasi 0oS, qaynash temperaturasi esa 100oS; Kelvin shkalasi bo’yicha suvning muzlash temperaturasi +273,5 K, qaynash temperaturasi +373,15 K; Farengeyt bo’yicha suv +32 F da muzlaydi va +212 F da qaynaydi.
Selsiy va Kelvin shkalalari orasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
T K = T S + 273,15 T S = T K – 273,15
Farengeyt shkalasi bo’yicha suv 32 F da muzlaydi va 212 F da qaynaydi. Demak, 180 F (212-32) Selsiy bo’yicha 100oS (yoki Kelvin bo’yicha 100 K) ga mos keladi. 100oS Farengeyt bo’yicha 180 F bo’lgani uchun:
1oС = 180/100 F = 9/5 F
bundan
T F = 9/5 ToC + 32
Farengeyt shkalasida ifodalangan temperaturadan Selsiy shkalasida ifodalangan temperaturaga o’tish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
ToS = (T F-32)∙5/9




    1. Download 227.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling