1-ma’ruza. Kimyo faniga kirish. Kimyoning


Download 227.69 Kb.
bet6/12
Sana11.05.2023
Hajmi227.69 Kb.
#1451371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Kimyoviy xossalar moddani boshqa modda bilan o’zaro ta‘sirlashishi jarayonida uni tavsiflarining o’zgarishini ko’rsatadi. Kimyoviy xossalar yonuvchanlik, korroziya, kislotalar bilan o’zaro ta‘sirlashish kabilarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich modda boshqa moddaga o’zgaradigan xolat kimyoviy o’zgarish bo’lib, u kimyoviy reaksiya deyiladi. Suvdan elektr toki o’tkazilgandagi kimyoviy o’zgarish (reaksiya) ko’rsatilgan: bunda suv ikkita mutlaqo boshqa moddalarga parchalanadi–gazsimon vodorod va kislorodlarga. Moddaning tarkibi o’zgardi– suvning molekulasi endi yo’q bo’ldi. Molekulalarning kimyoviy o’zgarishi ushbu holatda quyidagi sxema bo’yicha boradi: suv-gazsimon kislorod + gazsimon vodorod.

Materiyaning holati.
Materiya uch fizikaviy holatlarda bo’lishi mumkin – qattiq, suyuq va gazsimon.

  • Qattiq holat – zarrachalar kolbaning ko’rinishini qabul qilmaydi.

  • Suyuq holat – zarrachalar kolbaning ko’rinishini qabul qiladi, ya‘ni suyuqlik kolbada faqat yuqori sirtga ega.

  • Gazsimon holat – gaz ham kolbaning ko’rinishini oladi, lekin uning butun hajmini egallaydi va hech qanday sirtga ega emas.

Atom darajasida har bir agrejat holat zarrachalarning nisbiy joylashishi bilan belgilanadi:

Temperatura va holatlarning o„zgarishi. Atrof muxitning temperaturasi va bosimiga bog’liq ravishda ko’p moddalar uchta holatlarning har biridan bir fizikaviy holatdan boshqasiga o’tishi mumkin. Masalan, temperatura ortishi bilan qattiq holatdagi suv (muz) suyuqlanadi va suyuq ko’rinishga o’tadi, u keyinchalik gazsimon holatga ham o’ta oladi (suv bug’lari).
Xuddi shunday, temperatura pasayganda suv bug’lari suyuq suvga aylanadi va sovutish davom ettirilganda suv muzlaydi, ya‘ni qattiq ko’rinishga o’tadi. Ko’pgina boshqa moddalar, masalan, benzol, toluol va boshqalar ham temperatura o’zgarishi bilan xuddi shunday bir agrejat holatdan boshqasiga o’tadi.
Qizdirish natijasida kelib chiqqan fizikaviy o’zgarishlar sovutish orqali teskari tartibda keltirib chiqarilishi mumkinligini ta‘kidlash lozim. Kimyoviy o’zgarishlar uchun bu tavsifli emas. Masalan, nam havoda temirni qizdirish uning sirtida zang hosil bo’lishi bilan boruvchi kimyoviy reaksiyani keltirib chiqaradi, ammo sovutish hosil bo’lgan zangni yo’qotmaydi (buning uchun qator kimyoviy reaksiyalarni o’tkazish kerak).

Download 227.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling