Moddalar massasining saqlanish qonuni. Bu qonun dastlab M.V.Lomonosov (1748) keyinchalik A.Lavuazye (1788) tomonidan ta‘riflangan. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasining yig’indisi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasining yig’indisiga teng.
4 Na + O2 = 2Na2O 92 g + 32 g = 114 g 114 g 114 g
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O 80 g 98 g 142 g 36 g
178 g 178 g
Bu qonun barcha kimyoviy hisoblashlarda qo‘llaniladi.
Tarkibning doimiylik qonuni birinchi marta 1781 - yilda Laveuazye tomonidan kashf etilgan. U karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod orasidan massalari nisbiy 3:8 ekanligini aniqladi. 1803 yili Fransuz Bertole o‘zining ba`zi bir tajribalariga asoslanib, bu qonunga qarshi chiqdi. U ikki elementdan tarkibi o‘zgarib boruvchi bir necha birikma hosil bo‘ladi, ya`ni tarkib uzluksiz o‘zgaradi, degan fikrga keldi. Shu vakillardan Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqib, o‘zining qator analizlari bilan toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini isbotladi.
Qonunining ta`rifi. Har qanday kimyoviy toza modda qayerda bo’lishidan va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar doimo bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo’ladi.
Bu qonunning ma`nosini quyidagi misol bilan tushuntirsa bo‘ladi.
Osh tuzi - NaCl moddasini quyidagi reaksiyalar bo‘yicha hosil qilish mumkin.
2Na + Cl2 = 2NaCl
NaOH + HCl = NaCl + H2O 3)BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl +BaSO4
Tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, uchchala reaksiya (uchta usul) bilan hosil qilingan NaCl moddasi tarkibida 1atom Na ga 1atom Cl to‘g‘ri keladi. Bu modda qayerdasaqlanmasin (laboratoriyada, idishda va hokazo), uning tarkibi NaCl ligicha qolaveradi. yoki CaO ni hosil qilish reaksiyalarida ko`riash mumkin.
2Ca + O2 – 2CaO,
CaCO3 → t CaO + CO2,
Ca(OH)2 → t CaO + H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |