Xulosalar:
SI sistemasi qator asosiy birliklar va ularning hosilalariga ega.
Uzunlikning birligi metr (m), shuningdek nanometr (nm) va pikometr (pm) kabi birliklar ham ishlatiladi.
Hajmning asosiy birliklari metrning kubi (m3) yoki litr (l).
Massaning birligi kilogramm (kg). Hajmning massasi gravitatsion maydonning miqdoridan bog’liq.
Zichlik moddalarning tavsifiy fizikaviy xossasi bo’lib, modda massasini uning hajmiga nisbatini ko’rsatadi.
Temperatura bir necha shkalalarga ega va oS, K, F larda ifodalanadi.
Issiqlik – temperaturasi yuqoriroq jismdan temperaturasi pastroq jismga o’ta oladigan energiyadir.
Massa, hajm va energiya kabi ekstensiv xossalar modda miqdoriga bog’liq, zichlik va temperatura kabi intensiv xossalar esa moddaning miqdoriga bog’liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |