Gey - Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey Lyussak 1808
-yilda o‘zining qator tajribalariga asoslanib, o‘zining hajmiy nisbatlar qonunini ta`rifladi: kimyoviy reaksiyalarga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va
reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatida bo’ladi. Masalan:
1) H2+ Cl2 = 2 HCl 1 : 1 : 2
Bir hajm vodorod bir hajm xlor bilan reaksiyaga kirishib, ikki hajm HCl hosil qiladi.
2) O2+2H2=2H2O
1 : 2 : 2
Bir hajm O bilan ikki hajm H reaksiyaga kirishib, ikki hajm suv bug‘i hosil qiladi. Demak, kislorod bilan vodorod hajmlari nisbati 1:2, H hajmining suv bug‘i hajmiga nisbati 2:2 O hajmining suv bug‘i hajmiga nisbati 1:2 gidrid, ya`ni ular hajmining nisbati o‘zaro butun sonlar nisbati kabidir. Is gazi (CO) ning yonish
reaksiyasi tenglamasida,
2CO + O2 = 2CO2
2 : 1 : 2
reaksiyaga ikki hajm uglerod (II) – oksidi bir hajm kislorodni biriktirganda ikki hajm uglerod (IV) – oksidi hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bunda gazlarning hajmiy nisbatlari
: 1 : 2 bo‘ladi.
Demak, gazlar hajmlarining kichik butun sonlar nisbatida bo‘lishi har ikki gaz moddalari molekulasidagi atomlarning nisbatlaridan kelib chiqadi.
Avogadro qonuni.
Kimyoviy reaksiyalar gazsimon moddalar ishtirokida ham boradi. Gazsimon moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalardagi miqdoriy nisbatlarni 1811-yilda Italyan olimi A.Avogadro o‘rganib, quyidagi qonunni yaratdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |