1-ma’ruza. Kimyo faniga kirish. Kimyoning


Download 227.69 Kb.
bet4/12
Sana11.05.2023
Hajmi227.69 Kb.
#1451371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Murakkab moddalar. Murakkab modda ikki yoki undan ortiq element atomlarining kimyoviy birikishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pgina murakkab moddalar molekulalardan tashkil topadi, masalan ammiak, suv, karbonat angidrid kabi. Lekin ayrim moddalar, masalan kremniy (IV) oksid va natriy sulfat kabilar molekulalardan iborat emas. Birikmalarda element atomlari aniq massalarda birikadi. Chunki birikmada har bir atom aniq sonda birikadi. Masalan ammiak molekulasida massa bo‘yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo‘ladi, azot atomi vodorod atomidan 14 marta og‘ir. Shunday qilib ammiak molekulasi 1 ta azot va 3 ta vodorod atomidan hosil bo‘ladi

Ammiak gazida massa bo‘yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo‘ladi.
Azot atomi vodorod atomidan 14 marta og‘ir. Har bir ammiak molekulasi 1 N atomi va 3 ta H atomidan tashkil topadi



1.2.-rasm. Ammiak molekulasi

Aralashmalar. Ikki yoki undan ortiq ( oddiy yoki murakkab) moddalarning fizikaviy aralashishidan hosil bo‘ladigan sistema aralashma deyiladi. Chunki aralashmalar kimyoviy modda emas, murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalar ozining massa nisbatlarini o‘zgartira oladi. Masalan NaCl va H2O aralashmasi, ularni bir necha xil massa nisbatlarda aralshtirish mumkin. Atom miqyosida qaraydigan bo‘lsak, aralashmalar alohida oddiy yoki murakkab
moddalardan tashkil topadi. Aralashmalarda uning tarkibidagi komponentlarning xossalari saqlanib qoladi. Masalan, osh tuzining suvdagi eritmasi rangsizligi jihatdan suvga, sho‘r ta‘mi bilan osh tuziga o‘xshaydi. Murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga ajratish mumkin. Masalan osh tuzining suvdagi eritmasidan bug‘latish (fizik usul) yo‘li bilan suvni chiqarib yuborish mumkin. Keying mulohazalar materiyaning bu turini farqlashga yordam beradi.
Element atomining uglerod birligida ifodalangan massasi shu elementning atomi massasi deb, moddalar molekulasining uglerod birligida ifodalangan massasi esa shu moddaning molekulalar massasi deb ataladi. Element atomining massasiga son jihatdan teng bo’lgan grammlar miqdori gramm-atom (g-atom) deb ataladi. Masalan, ruxning bir gramm-atomi 65,37 g ga teng. Modda molekulasining massasiga son jihatdan teng bo’lgan gramm miqdori gramm-molekula (g-mol) yoki mol deyiladi. Masalan, 1 mol H20= 18,016 g.
Turli moddalarning bir gramm-molekulasidagi molekulalar soni shuningdek, turli elementlarning 1 gramm-atomlaridagi atomlar soni ham teng bo’ladi. Har qanday moddaning bir gramm-molekulasida 6,02·1023 ga teng molekula bo’ladi. Har qanday elementning bir gramm-atomida xam shuncha atom bo’ladi. Ana Shu 6,02·1023 soni Avogadro soni deb ataladi.

  1. l gazning normal sharoitdagi massasi ma‘lum bo’lsa, ayni gazning bir moli xuddi shu sharoitda qancha hajmni egallashini aniqlash oson. Masalan, 1 ℓ vodorodning massasi normal sharoitda 0,09 g ga teng. Bir mol (2,016) vodorodning xuddi shu sharoitdagi hajmi quyidagicha hisoblab topiladi:

0,09:1 = 2,016: V0
V 1 2,016  22,4l
0 0,09
Har qanday gazning bir gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm gazning g-mol (molyar) hajmi deyiladi. Molyar hajmga asoslanib, har qanday hajmdagi gazning massasini, shuningdek normal sharoitdagi har qancha massali gazning hajmini hisoblab topish mumkin.

Download 227.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling