1-ma’ruza. Kimyo faniga kirish. Kimyoning


Download 227.69 Kb.
bet5/12
Sana11.05.2023
Hajmi227.69 Kb.
#1451371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Dalton atomistikasi
J. Dalton atom to’g’risidagi tushunchalarni rivojlantirib, moddalarning tuzilishi haqida quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Moddalar juda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan. Oddiy atomlar kimyoviy jarayonlar natijasida parchalanmaydi va yangidan hosil bo’lmaydi. Kimyoviy birikmalar faqat shu birikma uchun xos bo’lgan murakkab atomlardan tarkib topgan. Reaksiyalarda murakkab atomlar oddiy atomlarga parchalanadi». Binobarin, kimyoga atom to’g’risidagi tushunchaning kiritilishi Dalton ishlari bilan bog’liq. Daltonning katta xizmati shuki, u birinchi bo’lib, kimyoviy birikmalarda elementlar massalarining nisbatini tushuntirish uchun elementlarning atomiy massasini aniqlash masalasini ilgari surdi.
Dalton vodorodning atom og’irligini shartli ravishda 1 ga teng deb qabul qilib, boshqa elementlarning atom og’irliklarini vodorodning atom og’irligiga nisbatan oldi, ya‘ni kimyoga nisbiy atom og’irlik tushunchasini kiritdi. Atomlarning absolyut massasini aniqlash imkoniyati bo’lmaganligidan eng yengil element — vodorod atomi massasini birlik sifatida qabul qilib, atomlarning nisbiy massasini aniqlashga harakat qildi. Lekin elementlar atomi massasini aniqlash masalasi gaz moddalar orasidagi reaksiya o’rganilgandan keyingina hal qilindi, natijada turli moddalar molekulalarining atom tarkibini amalda aniqlashga imkoniyat tug’ildi.
Materiyaning xossalari.
Olamni tashkil qiluvchi barcha narsalar materiyadir: havo, planetalar va boshqalar, ya‘ni massa va hajmga ega bo’lgan barcha narsalar. Kimyogarlar doimo materiyaning tarkibini, uni tashkil qilgan oddiy moddalarning turlarini bilishni xoxlaydilar. Modda materiyaning bir turi bo’lib, u ma‘lum o’zgarmas tarkibga ega. Materiya uning xossalari orqali o’rganiladi, chunki tavsiflovchi moddalar uni individualligini belgilaydi. Moddalarni identifikatsiya qilish uchun ikki tur-fizikaviy va kimyoviy xossalar o’rganiladi:

  • Fizikaviy xossalar qaynash temperaturasi, suyuqlanish temperaturasi, zichlik, elektr o’tkazuvchanlik va boshqa ko’pgina xossalarni o’z ichiga oladi. Fizikaviy o’zgarish - bu modda o’zining fizikaviy xossalarini o’zgartirgan holda kimyoviy tarkibini saqlab qoladi.

Masalan, suyuqlanish jarayonida moddalarning fizikaviy xossalari o’zgaradi, xususan, qattiqligi, zichligi, oquvchanligi. Ammo bunda tarkib o’zgarmaydi: suv (qattiq) - suv (suyuq).
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling