1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet20/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Pektinatlar -pektinlarning tuzlari.
Protopektinlar -yuqori molekulali,suvda erimaydigan birikmalar.
Pektin moddalar asosan suvda erimaydigan protopektin holida o‘simlik hujayra devorlarida va hujayra oraliq moddalar tarkibida uchraydi barcha to‘qimalarga mustahkamlik beradi. Pektinlar va ularning tuzlari hujayra shirasida erigan holda bo‘ladi. Turli o‘simliklarning pektin moddalari o‘zaro molekula og‘irliklari, molekulalarda metil guruhlarining joylanishi hamda karboksil guruhlarining efirlanishi (metillanishi) darajasi bo‘yicha farqlanadi.
Pektin moddalar mevalarning shirasidan spirt bilan cho‘ktirib olinadi. Bu moddalarga ayniqsa lavlagi boy bo‘lib (quritilgan yumshoq qismida 25 % gacha pektin moddalari bo‘ladi), undan ko‘p miqdorda pektin moddalari olinadi. Olma, limon va boshqa mevalar ham pektin moddalariga boy.
Pektin moddalari organizmda suyuqlikni ushlab qolish, yaralarni davolash, ularning bitishini tezlashtirish hossalariga ega. SHuning uchun ular tibbiyotda yaralarni davolashda, ich ketganda hamda og‘ir metallar tuzi bilan zaharlanganda zaharga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Bolalarni ichketar kasalligida olmani pishirib berish (olma parhezi) foydalidir. Qon bosimining ko‘tarilishini oldini olish maqsadida pekta kislotaning yoki uning kaliyli, kalsiyli yoki magniyli tuzlarini - pektatlarni ovqatga qo‘shib berish (jele, djem, marmelad va boshqalar tarkibida) tavsiya etiladi.
Pektin moddalarning eng muhim xossasi - ularning suvli eritmasini sovutilganda zich (quyuq) massa - jele hosil bo‘lishidir. Ularning bu xossasidan tibbiyotida, ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi.
Farmatsevtika amaliyotida pektin moddalardan hab dori va emulsiya (emulgator sifatida) tayyorlashda foydalanish mumkin.
SHilliq moddalar O‘simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, ular tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90 % gacha) va qisman geksozanlar uchraydi.
SHilliq moddalar hujayra ichi va hujayra po‘sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bo‘ladi. Ayrim hujayra yoki to‘qimalar (kambiy, o‘zak, o‘zak nurlari va boshqalar) shilliqlanishi mumkin.
SHilliq moddalar odatda 2 guruhga bo‘linadi: Normal shilliq moddalar. Bular o‘simlikning o‘sishi davrida shuo‘simlik hayoti uchun nihoyatda zarur birikmalar sifatida vujudga keladi. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta’sirga(buta va daraxtpo‘stloqlarining yorilishi, teshilishi va shunga o‘xshash) reaksiya sifatida vujudga keladi. Normal shilliq moddalar o‘simliklarning barcha organlarida bo‘lishi mumkin. Ular asosan epidermisda yoki shilliq saqlovchi maxsus xalta hujayralarda to‘planadi. Masalan, zig‘ir, behi, xantal va boshqalarning faqat urug‘idagi epidermisda, gulxayri, moychechak, salob va boshqa o‘simliklarning bargi, guli, ildizpoyasi, ildizi va tuganaklaridagi shilliq saqlovchi maxsus hujayralarda to‘planadi. Normal shilliq moddalar o‘simlik hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ular suv ta’sirida shishadi va uzoq vaqtgacha o‘zida namlik saqlaydi. SHuning uchun bu moddalar qurg‘oqchilikda o‘sadigan o‘simliklarni tasodifan qurg‘oqchilik bo‘lib qolganda ham ko‘rib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda o‘simlikni haddan tashqari qizib ketishidan saqlaydi. Epidermis hujayralaridagi shilliq moddalar urug‘ning erga yopishib turishiga va unishiga yordam beradi. Ba’zan bu birikmalar o‘simliklar uchun zaxira oziq moddasi bo‘lib xizmat qiladi. SHilliq moddalar o‘simliklarning ko‘payishida ma’lum ahamiyatga ega ekanligi ham aniqlangan.
O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho‘ktirish mumkin. SHilliq moddalar kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, 95 % pentozalar (arabinoza, ksiloza va boshqalar), oz miqdorda galaktoza, glyukoza, uron kislota va furfurol hosil qiladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling