1-mа`ruzа Mаvzu: Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 287.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana12.10.2023
Hajmi287.95 Kb.
#1700380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 маруза Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar

 
VI. Mаtn 
 
 


1.1. Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi 
Geologiya fani grekchadan olingan bo'lib, geo - Yer, logos - o'rganish degan ma'noni anglatadi, 
ya'ni geologiya yer haqidagi fandir. 
Geologiya yer tarkibini, tuzulishini, rivojlanishini va unda bo'ladigan jarayonlarni o'rganadi. 
Hozirgi zamon geologiyasi Yer po’stini paydo bo'lishi, uni tashkil etgan minerallarni, tog’ jinslarini, 
foydali qazilmalarni, hamda Yerda hayotning paydo bo'lishini o'rganadi. Bulardan tashqari Yer 
yuzidagi endogen va ekzogen jarayonlarni va daryo, dengiz va okeanlarni, ko'l va muzliklarni geologik 
ishlarini o'rganadi. Yer bir nechta qobiqdan iborat: ichki va tashqi yadro, quyi va Yuqori mantiya va 
Yer po’sti; ular bir-birlaridan turli fizik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Bulardan tashqari Yer 
yuzasida atmosfera, gidrosfera, biosferalar mavjud. 
Atmosfera 
Atmosfera havo qobig’i bo'lib, geosferaning eng tashqi qobig’idir. Uning Yer yuziga Yaqin 
bo'lgan tarkibida 80% ga Yaqin azot, 19% ga Yaqin kislorod va 1% ga Yaqin gazlar - karbonat 
kislotalar, suv bug’i, argon, neon, geliy va boshqalar bor. Atmosferaning quyi chegarasini aniqlash 
mumkin. Atmosfera va gidrosferaning ustki qismi ana shunday chegaradir. Atmosferani 3 ta 
kontsentrik qobiqqa: traposfera, stratosfera va ionosferaga bo'lish mumkin. Traposfera atmosfera 
massasining 70-75% tashkil etadi. Uning o'rtacha balandligi 10 km. Har yuz metr balandllikda 
harorat 0,60ga pasayib boradi. Ekvatorda traposferaning eng Yuqori chegarasida harorat – 800C, 
o'rtacha -550C. 
Stratosfera traposferaning ustida 80 km balandlikgacha joylashgan. Bu ikki qobiq o'rtasida 
qalinligi 1,2 km bo'lgan sub stratosfera deb ataladigan oraliq qatlam bor. 40 km balandlikdan Yuqorida 
harorat ko'tarilib boradi va 70 km.ga etganda o'rtacha +350C bo'ladi. Ionosfera 80 km dan Yuqorida 
joylashgan. U Yerda havoning zichligi juda kam. Hayot belgilaridan deyarli nishona yo'q. 
Atmosfera yoki Yerning havo qobig’i deganda “qattiq” Yerni o'rab olgan va u bilan birga 
aylanadigan gaz muhiti tushuniladi.
Еrning geografik qobig’ida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun asosiy 
energiya manbai, ya'ni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Yer sirtiga atmosfera orqali 
o'tadi. Atmosfera rentgen va gamma - nurlar (qisqa to'lqinli nurlar)ni yutib, biosferani zararli 
ta'sirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv bug’lari bo'lgani uchun Quyosh nurlanishi 
energiyasining 48% Yer sirtiga etib keladi. Atmosferada bug’, tomchi va muz kristallari ko'rinishida 
(1,3-1,5). 1016 kg suv bor. Atmosfera bo'lmaganda Yer sirtining yillik o'rtacha temperaturasi – 230C 
bo'lar edi (aslida bu temperatura 14, 80C ga teng). 
Rasm 1. Atmosfera qatlamlari. 
Atmosfera 
kosmik 
nurlarning ma'lum qismini ham 
ushlab qolib, Yerni meteoritlar 
zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va 
dengiz ustida, turli balandlik va 
turli 
kengliklarda atmosfera turlicha 
qizigani uchun atmosfera bosimi 
turlicha 
taqsimlanadi. 
Shu 
sababli, 
umumiy 
atmosfera 
tsirkulyatsiyasi vujudga keladi. 
Namlikning 
aylanib 
yurishi 


yog’in-sochin va ularning oqishi atmosfera tsirkulyatsiyasi bilan bog’liq. Issiqlik almashinuvi
namlikning aylanib yurishi va atmosfera tsirkulyatsiyasi iqlimni vujudga keltiradigan omillardir. 
Quruqlik sirtida va suv havzalarining Yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera 
muhim rol o'ynaydi. Yerda hayotning rivojlanishida atmosferaning o'rni beqiyos. 

Download 287.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling