1-mа`ruzа Mаvzu: Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 287.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar
Biosfera
Biosfera Yerda hayot mavjud bo'lgan qatlam. Yer yuzida hayot atmosfera, gidrosfera va litosfera bilan chambarchas bog’liq. Atmosferada 6 km. balandlikgacha hayot namunalarini kuzatish mumkin. Gidrosferada eng katta chuqurlikgacha hayot mavjud. Litosferada bir necha yuz metrgacha hayot bo'lishi mumkin. Yer yuzidagi hayot amalda bu geosferalarning funktsiyasidir desa bo'ladi; bulardan birortasi yo'q bo'lsa, Yer yuzida hozirgi vaqtda yuz berayotgan hayot yo'q bo'lar edi. Atmosferada hayot 6 km ga Yaqin balandlikkacha, gidrosferada okeanning eng katta chuqurliklarigacha (10400) aniqlangan. Litosferaning qaysi joyligacha hayot borligini aytish qiyin. Lekin uchlamchi davr ko'mirlari haqida keltirilgan misol shuni ko'rsatadiki, litosfera ichida, extimol, bir necha yuz metr chuqurliklarda ham hayot bo'lishi mumkin. Odatda, Yer tarixini ikki katta davrga bo'ladilar: Yer yuzida hali hayot paydo bo'lmagan davr (azoy) va Yer yuzida hayot paydo bo'lib tezda rivojlangan davr (zoy). Shu vaqtdan boshlab litosfera o'simlik va hayvonlar hayot faoliyatining mahsuli bo'lgan bir qator mineral va tog’ jinslari bilan boyiy boshlagan. Geologik nuqtai nazardan qaraganda ayrim organizmlar-ning roli bir xil emas, shuning uchun organizmlarning jins hosil qiluvchi organizmlarga va tog’ jinslari hosil bo'lishida ishtirok etmaydigan organizmlarga ajratish mumkin. Tog’ jinslari hosil qiluvchi organizmlarga quruqlikda, havo va suvda yashaydigan o'simlik hamda hayvonlar kiradi. Tog’ jinslarini hosil qilishida kattagina rol o'ynaydigan dengiz o'simliklaridan tashqi skeleti kremniyli diatom suv o'tlarini va ko'pincha katta riflar hosil qiluvchi bir xujayrali va ko'p xujayrali ohakli suv o'tlarini birinchi galda ko'rsatib o'tish lozim. Tog’ jinslarini hosil qilishda dengiz hayvonlaridan ohakli skelet quruvchi foraminiferalar, kremniyli skeletga ega bo'lgan radiolyariyalar, mshankalar, marjonlar, chig’anoqlari ikki tabaqali tikan terililar, briaxiopodalar, peletsipodalar va shunga o'xshash boshqa ko'p jonivorlar ham katta rol’ o'ynaydi. Download 287.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling