1-mа`ruzа Mаvzu: Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 287.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar
Geologiyaning izlanish usullari.
Minerallar va tog’ jinslari uzoq davr mobaynida va murakkab jarayonlar natijasida vujudga keladi. Masalan, vulqon yoki marjon orollarining, ko'mir, neft-gaz qatlamining, ruda yoki sochma oltin konlarining hosil bo'lishi bunga misol bo'la oladi. Hozirgi tabiiy jarayonlarni - daryolar, muzliklar, dengizlar va shamollarning geologik ishini o'rganish, hamda tog’ jinslari va foydali qazilmalarning hosil bo'lish qonuniyatlarini bilish qadimiy tog’ jinslarining paydo bo'lishini aniqlashda katta rol o'ynaydi. O'z-o'zidan ma'lumki, geologiya fani Yer qobig’ining tuzilishini va uning rivojlanish tarixi masalalarini qanday usul bilan o'rganadi degan savol tug’iladi. Hamma tabiiy-tarixiy fanlar kabi, geologiya fani ham kuzatish, tajriba (eksperiment) va tasvirlash, xulosa yoki logik fikrlash usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan ob'ekti Yer bo'lib, u uzoq rivojlanish tarixiga egadir. Binobarin, eksperiment geologik usullar ichida ikkinchi o'rinni egallaydi. Chunki tog’larning hosil bo'lishi ustidan tajriba o'tkazish hozircha bizning qo'limizdan kelmaydi. Shunday qilib, geologiyada qo'llanadigan eng qulay usul - kuzatish usuli bo'lib, u to'la va aniq olib borilishi lozim. Yaxshi va aniq kuzatilgan tabiat hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy xulosalar chiqarish mumkin. Geologiyadagi kuzatish usuli Yer qatlamlarining stratigrafiyasi, petrografiyasi, paleontologiyasi, fatsiyasi va tektonikasini o'rganishga asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda, Yer qobig’i qatlamlarinishg qanday tartib bilan yotishini va ularning tarixiy, xronologik davrlarda ketma-ket muntazam ravishda hosil bo'lganini tekshirish tushuniladi. Stratigrafik asosiy qonuniyatga ko'ra, eng pastdagi qatlam (agar qatlamlar hammasi burmalanmagan va gorizontal yotgan bo'lsalar) eng qadimgi qatlam hisoblanadi. Petrografik kuzatish esa (petros - tosh, grafo - chizish) Yer qobig’i tarkibidagi tog’ jinslarining nimadan tuzilganligini aniqlaydi. Petrograf o'z oldida qanday jinslar qum, gil, ohaktosh, slanets yoki granit turganligini bilishi kerak. Paleontologik kuzatish esa Yer po’stidagi tog’ jinslarida uchraydigan hayvon, o'simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini o'rganadi, tog’ jinslarida hayvon va o'simlik qoldiqlarining toshga aylangan holda topilishi geolog uchun shu jinsning nisbiy yoshini aniqlashga imkon beradi. Paleontologik kuzatish paytida biologiyaning Yerda organik dunyoning hosil bo'lishi va rivojlanishi haqidagi qonuniyatlaridan foydalanib xulosalar chiqariladi. Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat bo'lgan qatlam yoki bir necha qatlam yig’indisi geologiyada fatsiya deb ataladi. Fatsiya - tur degan ma'noni bildiradi. Qumning qizil rangda bo'lishi uning iliq, hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini ko'rsatsa, qora yoki kul rang ekanligi sovuq iqlimda vujudga kelganligidan dalolat beradi. Qum, umuman, shamol, suv va issiq-sovuq ta'sirida toshlarning maydalanishi natijasida hosil bo'ladi, suvdagi loyqa suv tagiga cho'kib gil hosil bo'ladi. Fatsiya o'ziga xos petrografik va organik tarkibga ega bo'l-gan qatlamlar kompleksidir. Fatsiyani o'rganish uchun jinslar orasidagi hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan, qobig’i yupqa chig’anoqlar tinch va chuqur suvlarda, og’ir, qobig’i dag’al chig’anoqlar to'lkinli, notinch suvda yashaydi. Jinsning fatsial xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik sharoitda paydo bo'lganligini, ya'ni shu jins hosil bo'lgan davrning paleografiyasini bilib olishi mumkin. Nihoyat tektonik kuzatishlar natijasida tog’ jinslarining yotish xarakterini o'rganish mumkin. Jinslar gorizontal holda ham, qiya holda ham yotadi. Tektonika Yer po’stining tuzilishi, harakatlari, o'zgarishi va rivojlanishini o'rganadi. Tog’ jinslari qatlamlari tektonik harakatlar natijasida ko'tarilib, burmalar hosil qiladi. Burmalanish tog’ hosil bo'lish jarayoni bilan bog’liqdir. Tektonik harakatlar natijasida Yer po’stining biron erida tog’ hosil bo'ladi. Keyingi yillarda fan va texnikaning o'sishi tabiatni yanada chuqurroq o'rganish uchun keng yo'l ochib berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Pleyfer, Dobre va boshqalar geologiya faniga tajriba usulini kiritishga urindilar. Dobre tog’ jinslarining qatlamlanishi sabablarini tushuntirmoq uchun, qatlamlarning sun'iy sharoitda hosil bo'lgan shakllarini o'rgangan. Keyinchalik vulqonik jinslarning ayrim xususiyatlarini bilmoqchi bo'lib, u vulqon jinslarini Yuqori haroratda eritgan va ularni qotguncha sovitgan. XX asrda o'tkazilgan bu xil tajribalar geologiyaning nazariy masalalari - otqindi jinslarning hosil bo'lishini hal qilish bilangina cheklanmay, balki xo'jalik masalalarini ham hal qildi. Nazariy ahamiyatga ega bo'lgan bu tajribalar avvalo sanoat tarmoqlariga kirib bormoqda. Geologiyada geofizik va geoximik usullar keng qo'llaniladi. Yerning og’irlik kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o'lchanadi. Yer yuzasida og’irlik kuchining tarqalishini gravimetriya tekshiradi. Og’irlik kuchining tarqalishini aniqlanishi Yerning fizik holatini - izostaziya, ya'ni muvozanat holatini tushuntiradi. Yerning magnit va elektrik xossalarini o'rganish esa geologiya qidirish ishining eng muhim usuli bo'lgan magnitometriya razvedkasida juda ahamiyatlidir. Qazilma boyliklarni qidirishda bu usul ko'p ishlatiladi. Yerni geofizik jihatdan tekshirishda uning eng chuqur qismini tekshiruvchi seysmometrik usuldan foydalaniladi. Bu usul Yer qatlamlaridagi seysmik (zilzila) to'lqinlarning tarqalish tezligi, yutilish va qaytish qonuniyatlarini, Yerning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'rganadi. Shuningdek, geologiyada geoximiyaning yutuqlari ham katta o'rin tutadi. Geoximiya tog’ jinslarini tashkil etgan kimyoviy moddalarni aniqlaydi, metallogeniya va vulqon otilishi jarayonlarida vujudga kelgan kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini o'rganadi. Download 287.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling