1-mа`ruzа Mаvzu: Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 287.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana12.10.2023
Hajmi287.95 Kb.
#1700380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 маруза Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar

Geologiyada tarixiy usul. Tabiat va jamiyatni o'rganishda tarixiy usul dialektikaning eng 
asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti 
asosida, o'rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar paydo bo'lgandan keyin, ayniqsa 
ilmiy geologiya paydo bo'lishi munosabati bilan qo'llanila boshladi. Bu tarixiy marksistik ilmiy 
kuzatish usuli sovet geologiyasida keng rivoj topdi. 
Yer sharining qazilma boyliklari bo'shliqda tasodifan joylashgan emas, balki ular Yer sharidagi 
kimyoviy moddalarning fizik-kimyoviy jarayoni natijasida paydo bo'lgan. Mineral va tog’ jinslarining 
hosil bo'lishida geologik jarayonlar katta rol o'ynagan. Shuning uchun ham har bir geologik mahsulotni 
tarixiy geologik voqealar bilan bog’lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib beriladi. 
Geologiyada aktualizm usulining roli. Geolog Yerning tuzilishini o'rganganda, avvalo Yer 
po’sti bilan to'qnashadi. Ma'lumki, Yer po’sti turli geologik jarayonlar natijasida hosil bo'lgan 
minerallar va tog’ jinslaridan tarkib topgan. Lekin bu jarayonlar qachonlardir o'tib ketgan. Tog’ jinslari 
esa hozir ham hosil bo'lmoqda. Ularning paydo bo'lish jarayonlarini sinchiklab o'rganish, ko'l, dengiz 
va daryo yotqiziqlarini va foydali qazilmalarning vujudga kelish qonuniyatlarini tekshirish qadimgi 
geologik davrlardagi geologik jarayonlarni va mineral xom ashyolarining paydo bo'lishini aniqlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tekshirish usuli geologiyada aktualizm usuli (aktualizm jarayoni) deb 
yuritiladi. 
Shunday qilib, aktualizm geologiyada tarixiy usulning bir formasidir. Astual - inglizcha hozirgi 
zamon demakdir: aktualizm “hozirgi zamon o'tgan davrning kalitidir” degan ta'birdan kelib chiqadi. 
Binobarin, aktualizm, ya'ni, hozirgi davrda Yer sharida yuz beradigan fizik, kimyoviy, geologik 
jarayonlarni o'rganish qadimgi geologik davrdagi tabiiy-geografik jarayonlarni o'rganishga yordam 
beradi. 
Aktualizm usulining qo'llanishi hozirgi zamon geologiyasining asosiy qismi bo'lgan dinamik 
geologiyaning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.
Aziz diyorimiz - ulug’ turon Еri hamma zamonlarda va hamisha ham katta talant soxiblariga - 
ulug’ siymolarga boy makon bo'lib kelgan. Bu yurtda xo'ja Axmad Yassaviy, Abu Rayxon Beruniy, Al 


- Farg’oniy, Al - xorazmiy, Ulug’bek kabi buyuk fan davlat, madaniyat arboblari tug’ilib o'sganlar, 
ijod qilganlar. 
Geologiya fanining rivojlanishida ham O'zbekiston hududida yashab o'tgan olimlarning o'rni 
juda katta. O'rta asrda yashab o'tgan Abu Ali Ibn Sino (973-1048) “kitob ul - shifo” asarida turli tabiiy 
ilmlarga oid ko'p ma'lumotlarni keltirdi. Kitobning bir “tabiat” degan bo'limi Yer yuzining davrlar 
o'tishi bilan o'zgarib borishi, zilzilalar natijasida Yer po’sti ko'tarilib borishi, tog’ va vodiylarni paydo 
bo'lish sharoitlari, tog’ jinslari va minerallarni paydo bo'lish yo'llari haqidagi nazariyasi, hayvon va 
o'simliklarni toshga aylanishi haqida o'z fikrlarini bayon etgan. Bulardan tashqari Ibn Sino XVIII asrga 
qadar foydalanib kelingan minerallarning tasnifini ishlab chiqdi. 
Abu Rayxon Beruniy (978-1048), bir qator asarlarida, geologik jarayonlar, mineral rudalar, 
Yerning tuzilishi haqida, o'zining ajoyib fikrlarini bayon etdi. Uning astronomik sxematik kartasi eski 
dunyoni Yaxshi bilganligidan, g’arb olimlaridan oldin turganligini ko'rsatadi. Beruniy o'zining 
“mineralogiya” asarida minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma'lumotlar bergan. Minerallarni 
aniqlash va klassifikatsiyaga ajratishda faqat ularning rangi va tiniqligi emas, balki qattiqligi va 
solishtirma og’irligidan ham foydalangan. Abu Rayxon Beruniy Yer yuzasining har bir qismi o'zining 
uzoq tarixiy taraqqiyotga ega ekanligi, dengiz quruqlikka, quruqlik dengizga aylanadi degan, tog’larni 
paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazaryalarni 
yaratdi. 
XX asrda yashab ijod qilgan o'zbek xalqining yirik Еrshunos va ma'danshunos olimlaridan biri 
x.M. Abdullaev (1912-1962) edi. Uning izlanishlari natijasida davlat ahamiyatiga molik yirik - yirik 
konlar topildi. Uning “O'rta Osiyo metallogeniyasi”, “Rudalarni intruzivlar bilan genetik bog’liqligi” 
kabi monografiyalar Rossiya va chet el olimlari tomonodan yuksak baholandi. X.M. Abdullaev 
Frantsiya geologiya va Buyuk Britaniya mineralogiya jamiyatlarining haqiqiy a'zosi edi. 
Mavlonov G’.O. Gidrogeologiya va injinerlik geologiyasi. Hamda Seysmalogiya institutlarini 
tashkil qilgan, birinchi bo'lib Toshkent zilzilasining teng kuchlarga ega bo'lgan (izoseysta) xaritasini 
tuzdi. Mavlonov G’.O. zilzilani oldindan aytib berish masalasida Yer po’stining tektonik harakatlariga 
injener-geolog va gidrogeologiya omillarini ta'sirini o'rganish lozimligini aniqladi. Bu omillarni 
o'rganish tektonik zilzilalarda Yer osti suvlarining kimyoviy va gaz tarkibini o'rganish zarurligini 
ko'rsatdi. 
Markaziy Osiyoda metallageniya va petrografiya fanlarining rivojlantirilishida I.M. 
Isamuhamedov, I.X. Hamroboev, X.N. Boymuhamedov, T.N. Dolimov, I.M. Mirxojaev
“Gidrogeologiya va injinirlik geologiyasi” sohasida A.N. Sultonxo'jaev, neft’ va gaz geologiyasi 
sohasida A.R. Xadjaev, Z.S. Ibragimov, P.K. Azimov Geotektonika sohasida Axmedjonov, O.M. 
Borisovlar katta xissa qo'shganlar. 

Download 287.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling