1-mа`ruzа Mаvzu: Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 287.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза Geologiya fanining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar
Litosfera
Litosfera - deb Yerning tosh qobig’iga aytiladi va u jinslarning fizik holatiga qarab ajratilgan. Litosfera minerallar va tog’ jinslaridan tashkil topgan. Litosfera okeanlarda 2-5 km, tog’li o'lkalarda esa 200-250 km chuqurlikgacha bo'ladi. Litosferaning usti juda notekis bo'lib, undagi baland va pastliklar o'rtasidagi farq 19 km ga boradi va undan ham ortadi. Litosfera ustki qismining ko'pi okean va dengiz suvlari bilan qoplangan. Litosferaning qalinligi ham, uning ostki chegarasi ham aniq ma'lum emas. Uning qalinligi taxminan 40-100 km deb hisoblaydilar. Litosferaning okean sathidan Yuqoriga ko'tarilib turgan va materiklar deb ataladigan qismlarigina bevosita o'rganish va tekshirish mumkin. Yu.M. Shokal’skiy hisobiga ko'ra, materiklarning okean satxidan Yuqoriga ko'tarilib turgan qismining hajmi okeanlar hajmidan 12,7 marta kamdir. Odatda geoximiklar litosferaning ximik tarkibini belgilash haqidagi xulosalarni 16-25 km chuqurlikkacha bo'lgan ma'lumotlar aosidagina chiqaradilar. Litosferaning ancha chuqur qismlarida temperatura taxminan 14500C dan ortiqroq va tog’ jinslarining bosimi 3000 atm. dan kam bo'lmasa kerak. Shuning uchun litosferaning 16-25 km dan chuqur qismi qanday holatda ekanligi to'g’risida aniq fikr yuritish qiyin: bunday chuqurlikda moddalar chala suyuq yoki plastik holda bo'lishi mumkin. Litosferaning qizigan holdagi ana shu qismini vulqon otilishining manbai deb hisoblaydilar, uni prisfera (o't sfera) deb ataydilar. Еrning litosfera yoki tosh qatlami katamorfizm (ustki) va anamorfizm (ostki) zonalariga bo'linadi. Katamorfizm zonasini ustki qismini, yani atmosfera va gidrosferaga tegib turgan qismini nurash zonasi va ostki qismini esa tsementlanish zonasi deyiladi. Anamorfizm yoki tog’ jinslarining metamorfizmlanish zonasining ustki qismini epizona, o'rta qismini mezazona va ostki qismini katozona deb aytiladi. Geologiya tarixiy fandir. U asosan 17-18 asrlarda rivojlana boshladi. 18 hamda 19 asrlarda Cho’kindi tog’ jinslarini nisbiy yoshini aniqlash usuli ishlab chiqilgandan so'ng juda u tez rivojlandi. Bu usul geoxronologik jadval tuzish imkonini beradi. Keyinchalik jinslarni absolyut yoshini aniqlash usullari yaratildi, hamda Yerning absolyut yoshi 4-4,5 mlrd yil deb aniqlandi. Geologiya fani bir qancha tabiiy fanlar bilan chambarchas bog’liq va ularga tayanadi. Ma'lumotlarning yig’ilishi bilan esa u boshqa fanlarning yaratilishiga sabab bo'ladi. Geologiya fanining bir qancha yo'nalishlari bor: 1. Yerning moddiy tarkibini o'rganuvchi fan yoki geokimyo. 2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o'rganuvchi fanlar yoki dinamik geologiya. 3. Yerning tarixini o'rganuvchi fanlar. 4. Regional geologiya. 5. Amaliy fanlar. I. Yerning moddiy tarkibini o'rganuvchi fanlarga kristallografiya, mineralogiya, petrografiya va geokimyo fanlari kiradi. Kristallografiya - kristallar, ularning tashqi formalari va ichki tuzilishlari haqidagi fan. Mineralogiya - Yer po’stini tashkil etgan minerallarning fizik, ximik xossalarini, hamda ularni vujudga keltiradigan turli jarayonlarni o'rganadi. Petrografiya - Yer po’stini tashkil etgan bo'sh va qattiq tog’ jinslarining mineral tarkibi va tuzilishi qonuniyatlarini, ularning yotish shakllarini geologik va geografik jihatdan tarqalishini o'rganadi. Geokimyo - Yer po’stidagi kimyoviy elementlarning tarixini va fizik-kimyoviy sharoitdagi holatlarini o'rganadi. II. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o'rganuvchi fanlarga geotektonika, geofizik, magmatizm, vulqonizm, seysmologiya, metamorfizm, geomorfologiya, geofizika, gidrogeologiya, gidrologiya, okeanologiya, okeanografiya, glyatsiologiya va boshqalar. Geotektonika - Yer po’stining strukturasini va uning geologik tarixi davomida paydo bo'lish jarayonlarini o'rganadi. Geofizika - Yerning fizik xossalarini fizik usullar, ya'ni asboblar yordamida o'rgatish va olingan ma'lumotlarni matematik yo'l bilan chiqarish asosida o'rganadigan fandir. Magmatizm - magmaning tarkibini o'rganadi. Vulqonizm - vulqonlar haqidagi fan. Seysmologiya - Yer qimirlashini o'rganadi. Metamorfizm - tog’ jinslarini Yerning ostidagi o'zgarishlarni o'rganadi. Gidrogelogiya - Yer osti suvlari to'g’risidagi fan bo'lib ularning paydo bo'lishi dinamikasi Yer po’stida tarqalish, hamda ularning mexanik faoliyatini o'rganadi. Gidrologiya - Yer ustki suvlarini o'rgatuvchi fan. Okeanologiya va okeanografiya - dengiz hamda okean suvlarining faoliyatini o'rganadi. Glyatsiologiya - muzliklarning faoliyatini o'rganadi. Geokriologiya - doimiy muzliklarni o'rganadi. Limnologiya - ko'l va botqoqliklarni o'rganuvchi fan. III. Yerning tarixini o'rganuvchi fanlarga tarixiy geologiya, stratigrafiya, fatsiyalar, paleontologiya, paleogegrafiyalar kiradi. Stratigrafiya - qatlamlar ularning joylashishini o'rganadi. Paleontologiya - qirilib bitgan, toshga aylangan fauna, hamda flora qoldiqlarini o'rganadi. Paleogeografiya - o'tmishdagi fizik - geografik sharoitlarni o'rganadi. IV. Regional geologiya tog’ jinslarini yoshi bo'yicha kelishini, ular hosil qiladigan struktura shakllarini; qit'a, okean, hamda Yer po’sting rivojlanish tarixini o'rganadi. V. Amaliy fanlarga foydali qazilmalarni o'rgatuvchi fanlar, sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan, xom ashyolarni o'rganuvchi fanlar, rudali va rudasiz konlarni, yonuvchi qazilmalarni, qimmatbaho minerallarni o'rganuvchi fanlar, hamda injenerlik geologiyasi kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling