1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olinishi.
- Fizik–kimyoviy xossalari.
2. Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Tabiatda uchrashi. Kislorod–Yerda eng ko`p tarqalgan element. U yer po`stlog`i massasining 47,2 % ni tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95 % va massa jihatdan 23,15 % ga teng. Kislorod suv, tog` jinslari, ko`pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yog`lar va uglevodlarda bo`ladi. Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (Ni elektrodlar), bertole tuzini qizdirib turib parchalash yoki kaliy permanganatni qizdirib turib parchalash yo`llari bilan olinadi: 2KClO3 = 2KCl + 3O2↑ 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2↑ Sanoatda kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod po`lat ballonlarda 15MPa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi. Fizik–kimyoviy xossalari. Kislorod–rangsiz, ta`msiz, hidsiz va havodan bir oz og`ir gaz. Suvda kam eriydi (1L suvda 20 0C da 31ml kislorod eriydi).–183 0C harorat va 101,325 kPa bosimda suyuqlanadi. Suyuq kislorod havorang tusli bo`ladi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: 16O (99,76 %), 17O (0,04 %) va 18O (0,20 %) bo`ladi. Tashqi elektron pog`onasini to`ldirish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod molekulasi ikki atomdan tarkib topgan O2. Unda kimyoviy bog`lanish–kovalent qutbsiz. Ozon molekulasi kislorodning uchta atomidan tarkib topgan O3. Ozon bu kislorod elementining allotropik shakl o`zgarishidir. Ozon–o`ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko`pchilik metallarni, shu jumladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya bormaydi: 2KJ1- + O30 + H2O = J20 + 2KO2-H + O20 2J1- - 2e- = J2 │2 │1 O3 + 2e- = O2 + O2- │2 │1 Kislorod deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qiladi. Bunda ko`pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan: 2Ca + O2 = 2CaO C + O2 = CO2 Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo`llar bilan olinadi. Murakkab moddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa oksidlar va oddiy moddalar hosil bo`ladi. Masalan: 2C2H2 + 5O2 = 4CO2 + 2H2O 4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2N2 Kislorod kimyoviy reaksiyalarda doimo oksidlovchi bo`ladi, chunki elektronlarni biriktirib oladi. Yonish, zanglash, chirish va nafas olish jarayonlari kislorod ishtirokida boradi. Bular oksidlanish–qaytarilish jarayonlaridir. Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling