1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi. Tabiatda uchrashi.
- Fizik–kimyoviy xossalari.
Ishlatilishi. Metallurgiya sanoatida kislorodning ancha ko`p miqdori sarflanadi. Kislorod yuqori harorat hosil qilish uchun ishlatiladi. Kislorod–atsetilen alangasining harorati 3500 0C ga, kislorod–vodorod alangasining harorati 3000 0C ga yetadi.
Tibbiyotda kislorod bemorlarning nafas olishini yengillashtirishda (kislorodli yostiqcha va palatkalar) ishlatiladi. Nafas olish qiyin bo`lgan atmosferada ishlarni bajarishda (yer osti va suv osti ishlarida, kosmik parvozlar), kislorodli asboblarda kisloroddan foydalaniladi. 3. Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi. Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U yer po`stlog`i massasining 0,05 % ni tashkil etadi. Erkin holatda (yombi S) Italiyada (Sitsiliya orolida), AQSh da, Rossiyada (Volgabo`yida), Markaziy Osiyo davlatlarida va Ukrainada (Qrimda) uchraydi. Uning eng muhim tabiiy birikmalari sulfidlar–FeS2 temir kolchedani, ya`ni pirit, ZnS–rux aldamasi, PbS–qo`rg`oshin yaltirog`i, HgS–kinovar, shuningdek, sulfat kislota tuzlari (kristallgidratlar): CaSO4•2H2O–gips, Na2SO4•10H2O–glauber tuzi, MgSO4•7H2O–taxir tuz va boshqalardir. Oltingugurt hayvonlar va o`simliklar organizmida bo`ladi, chunki oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Bundan tashqari oltingugurtning organik birikmalari neft tarkibida bo`ladi. Fizik–kimyoviy xossalari. Oltingugurt–sariq rangli qattiq mo`rt modda. Suvda deyarli erimaydi, lekin CS2 da, anilinda va ba`zi boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Issiqlik va elektrni yaxshi o`tkazmaydi. Bir necha xil allotropik shakl o`zgarishlar hosil qiladi. Oltingugurt 444,6 0C da qaynab, to`q qo`ng`ir rangli bug`lar hosil qiladi. Agar ular tez sovitilsa, oltingugurtning mayda kristallaridan iborat mayin kukun hosil bo`ladi va u oltingugurt guli deyiladi. Tabiiy oltingugurt to`rtta barqaror izotopining: 32S, 33S, 34S, 36S aralashmasidan tarkib topgan. Oltingugurt metallar hamda vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida (masalan Na2S va H2S) –2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Elektronlar elektrmanfiyligi kuchliroq element atomiga berilganda yoki shunday atomga tortilganda oltingugurtning oksidlanish darajasi +2, +4 va +6 bo`lishi mumkin. Odatdagi sharoitda qattiq oltingugurt molekulasi halqa tarzida bir-biri bilan tutashadigan 8 atomdan tarkib topadi S8. Qizdirilganda S8 uziladi. Yuqori haroratda zanjir bo`laklari mavjud bo`ladi: S2 (›9000C), S2↔2S (15000C dan yuqori). Oltingugurt bug`larida S8, S6, S4 va S2 molekulalar orasida muvozanat qaror topadi. Oltingugurt osonlikcha ko`pchilik elementlar bilan birikmalar hosil qiladi. U havoda yoki kislorodda yonganida SO2 va qisman SO3 hosil bo`ladi: S + O2 = SO2 2S + 3O2 = 2SO3 Qizdirilganda oltingugurt vodorod, galogenlar (yoddan tashqari), fosfor, ko`mir bilan, shuningdek, oltin, platina va iridiydan boshqa barcha metallar bilan bevosita birikadi. Masalan: S + H2 = H2S 3S + 2P = P2S3 S + Cl2 = SCl2 2S + C = CS2 S + Fe = FeS Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling