1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Ma`ruza. Mavzu: Galogenlar. Nodir (inert) gazlar. Reja. 1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
- 1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001. 2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996. 3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992. 4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002. 5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002. 6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002. 5-Ma`ruza. Mavzu: Galogenlar. Nodir (inert) gazlar. Reja. 1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari. 2. Xlor, olinishi, xossalari va ishlatilishi. 3. Vodorod xlorid va xlorid kislota. 4. Nodir gazlar va ularning umumiy xossalari. Yangi darsning bayoni. 1. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari. Galogenlar guruhchasiga F, Cl, Br, J va At elementlari kiradi. Bu elementlar D. I. Mendeleyev davriy jadvalining VII guruhidagi p–elementlardir. Ular atomlarining tashqi elektron pog`onasida 7 tadan ns2np5 elektroni bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyalarda bittadan elektronni oson biriktirib olib, -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida shunday oksidlanish darajasiga ega bo`ladi. Lekin ftordan boshqa galogenlar atomlari +1, +3, +5, +7 ga teng oksidlanish darajalarini ham namoyon qiladi. 5. 1-jadval. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
9F +9)2)7 1s2,2s22p5 17Cl +17)2)8)7 1s2,2s22p6,3s23p5 Galogenlar vodorod bilan HR kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi, bu birikmalarning suvdagi eritmalari kislotalar hisoblanadi. Masalan: HF–vodorod ftorid yoki ftorid kislota, HCl–vodorod xlorid yoki xlorid kislota. Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F-Cl-Br-J qatorda kamayib boradi. Shu sababli oldingi element o`zidan keyingisini HG tipidagi kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. F2›Cl2›Br2›J2. Ularning tartib raqamlari ortishi bilan fizikaviy xossalari ma`lum qonuniyat asosida o`zgarib boradi: F–qiyin suyuqlanadigan gaz, Cl–oson suyuqlanadigan gaz, Br–suyuqlik, J–qattiq modda. Ftor F zaharli och yashil gaz. Ftor suyuqlantirilgan birikmalarini elektroliz qilib olinadi. U kuchli oksidlovchi, hatto ayrim nodir gazlarni ham oksidlaydi: 2F2 + Xe = XeF4 Ftor polimer materiallar–ftoroplastlar sintez qilishda, raketa yoqilg`isi sifatida, uning ayrim birikmalaridan tibbiyotda ham foydalaniladi. HF ning o`ziga xos muhim xususiyati–kremniy (IV) oksid bilan o`zaro ta`sirlasha olishidir: 4HF + SiO2 = SiF4 + 2H2O HF shishani yemiradi, shu sababli parafin, kauchuk, polietilen yoki qo`rg`oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. HF metall quymalardan qumni yo`qotishda va shishaga ishlov berishda ishlatiladi. Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling