1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 345.5 Kb.
bet19/41
Sana08.05.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1446690
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
KIMYO REFERATLAR

3. Vodorod xlorid va xlorid kislota.
Vodorod xlorid HClo`tkir hidli rangsiz gaz. U bilan nafas olinganda nafas yo`llarini yallig`lantiradi va bo`g`adi. Havodan 1,3 marta og`ir. Nam havoda «tutuydi», ya`ni havodagi suv bug`lari bilan birikib, mayda tuman tomchilarini hosil qiladi. 0 0C da 1 hajm suvda 500 hajmga yaqin vodorod xlorid eriydi. Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi.
Laboratoriyada HCl NaCl ni konsentrlangan H2SO4 bilan o`zaro ta`sir ettirib yoki vodorodni xlorda yondirish yo`li bilan olinadi:
NaCl + H2SO4 = HCl↑ + NaHSO4 H2 + Cl2 = 2HCl
Sanoatda ham xuddi shu usullar bilan olinadi. NaCl bilan konsentrlangan H2SO4 orasidagi o`zaro ta`sir reaksiyasiga asoslangan usul sulfatli usul, vodorodning xlorda yonish reaksiyasiga asoslangan usul sintetik usul deyiladi.
Ikkala holda ham olingan gaz maxsus yuttirish minoralarida suvga yuttiriladi. Gaz ancha to`liq erishi uchun gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi harakat qiladi (gaz pastdan yuqoriga, suv yuqoridan pastga) va xlorid kislota hosil bo`ladi.
Xlorid kislota–rangsiz suyuqlik. Konsentrlangani tarkibida 37 % gacha HCl bo`ladi va nam havoda «tutaydi». U kuchli kislota bo`lgani uchun kislotalarning barcha xossalariga ega bo`ladi. Ko`pchilik metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba`zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑ Fe + 2HCl = FeCl2 + H2
CuO + 2HCl = CuCl2 + H2O Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O
AgNO3 + HCl = AgCl↓ + HNO3 NH3 + HCl = NH4Cl
Xlorid kislota gummirlangan, ya`ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi va tashiladi.
Vodorod xlorid NaCl, KCl, AgCl, ZnCl2, BaCl2, CaCl2, HgCl2, AlCl3 kabi tuzlarni olishda, metallarni dorilashda, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Undan barcha kimyo laboratoriyalarida reagent sifatida foydalaniladi.
NaCl–(toshtuz, osh tuzi, galit) ovqatga solinadi, NaOH, Cl2, HCl, Na2CO3 olishda xomashyo sifatida hamda oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda ishlatiladi.
KCl–kaliy xlorid, qimmatli kaliyli mineral o`g`it.
AgCl–kumush xlorid, kam eiydigan tuz, fotografiyada foydalaniladi.
ZnCl2–rux xlorid, yog`ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun, kavsharlashda metall sirtini ho`llashda ishlatiladi.
BaCl2–bariy xlorid, zaharli modda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
CaCl2–kalsiy xlorid, gazlarni quritishda va tibbiyotda keng ko`lamda ishlatiladi.
HgCl2–simob xlorid, sulema, kuchli zahar, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida, urug`larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda foydalaniladi.
AlCl3–alyuminiy xlorid ko`pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi.

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling