Al oksid va gidroksid. Alyuminiy oksid (giltuproq) Al2O3 oq rangli, ancha qiyin suyuqlanuvchan, juda qattiq modda. Al2O3 ning kristallari ko`k rangli bo`lsa-sapfir, gunafsha rangli-ametist, qizil rangli-yoqut deyiladi.
Laboratoriyada Al2O3 Al ni O2 da yondirish yoki Al(OH)3 ni qizdirish yo`li bilan olinadi: 4Al + 3O2 ═ 2Al2O3 2Al(OH)3 ═ Al2O3 + 3H2O
Al2O3 suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. U amfoter kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Al2O3 + 6HCl ═ 2AlCl3 + 3H2O b) Al2O3 + 2NaOH ═ 2NaAlO2 + H2O
c) Al2O3 + 2NaOH ═ 2Na[Al(OH)4(H2O)2]
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3 oq qattiq modda, suvda amalda erimaydi. Bilvosita yo`l bilan–alyuminiy tuzlariga ishqorlarning eritmalarini ta`sir ettirib olinadi:
AlCl3 + 3NaOH ═ Al(OH)3↓ + 3NaCl
Al(OH)3 haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashganda tarkibida Al3+ bor tuzlar hosil qiladi; ishqorlarning eritmalari bilan o`zaro ta`sirlashganda alyuminatlar, ya`ni alyuminiy anion tarkibiga kiradigan tuzlar hosil qiladi. Masalan:
Al(OH)3 + 3H+ ═ Al3+ + 3H2O
Al(OH)3 + OH- + 2H2O ═ [Al(OH)4(H2O)2]-
Al va uning qotishmalarining ishlatilishi. Al va uning qotishmalari asosan aviatsiya sanoatida, mashinasozlikda, kabellar va simlar tayyorlashda, idish-tovoqlar tayyorlashda, kumushsimon bo`yoq tayyorlashda, metallurgiya sanoatida (alyuminotermiya usuli) metallar olishda ishlatiladi.
Al kukuni bilan teemir kuyundisining (FeO•Fe2O3) ekvivalent miqdorlari aralashmasi termit deyiladi.
3Fe3O4 + 8Al ═ 4Al2O3 + 9Fe; ∆H0 ═ -3300 kJ.
Termitdan po`lat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |