1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 345.5 Kb.
bet39/41
Sana08.05.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1446690
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
KIMYO REFERATLAR

Temir (II) oksid FeO–oson oksidlanadigan qora kukun. FeO asos xossalarini namoyon qiladi. Bu oksidga Fe(OH)2 muvofiq keladi.
Temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havosiz joyda Fe2+ tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirilganda oq cho`kma holida hosil bo`ladi. Asos xossalariga ega, havo kislorodi ta`sirida oksidlanib, Fe(OH)3 ga aylanadi.
Fe2O3 + CO = 2FeO + CO2 Fe2+ + 2OH- = Fe(OH)2
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Temir (III) oksid Fe2O3–temirning eng barqaror tabiiy kislorodli birikmasi. Kislotalarda erib Fe3+ tuzlarini hosil qiladi. Bu oksidga Fe(OH)3 muvofiq keladi.
Temir (III) gidroksid Fe(OH)3 Fe3+ tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirilganda qizil-qo`ng`ir cho`kma holidahosil bo`ladi. Amfoter xossalariga ega, kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Fe3+ + 3OH- = Fe(OH)3
Fe2+ + H2O ↔ Fe(OH)+ + H+ Fe3+ + H2O ↔ Fe(OH)2+ + H+
Fe(OH)3 + 3H+ = Fe3+ + 3H2O Fe(OH)3 + 3OH- = [Fe(OH)6]-
Noma`lum eritma tarkibidagi Fe2+ va Fe3+ kationlarini quyidagi usullar yordamida oson bilib olinadi.
Fe3+ + 3NCS- ↔ Fe(NCS)3 temir (III) tiosianat
K4[Fe(CN)6] ↔ 4K+ + [Fe(CN)6]4- sariq qon tuzi
3[Fe(CN)6]4- + 4Fe3+ = Fe4[Fe(CN)6]3
temir (III) geksasianoferrat (berlin zangorisi)
K3[Fe(CN)6] ↔ 3K+ + [Fe(CN)6]3- qizil qon tuzi
2[Fe(CN)6]3- + 3Fe2+ = Fe3[Fe(CN)6]2
temir (II) geksasianoferrat (turnbul ko`ki)

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling