1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch iboralar.
- Mavzuga oid adabiyotlar.
- 4-Ma`ruza. Mavzu: Kislorod. Oltingugurt. Sulfat kislota. Reja. 1. Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.
- 5. Sulfat kislota
Takrorlash uchun savollar.
1. Uglerod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi? 2. Uglerod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi? 3. Uglerod oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi? 4. Kremniy qanday olinadi va qanday xossalarga ega? 5. Kremniy oksidi qanday olinadi va qanday xossalarga ega? 6. Shisha qanday usullar bilan ishlab chiqariladi? 7. Sement qanday usullar bilan ishlab chiqariladi? Mavzuga oid tayanch iboralar. Olmos, grafit, karbin, adsorbsiya, adsorbent, adsorbat, karbidlar, quruq muz, karbonatlar, gidrokarbonatlar, silitsidlar, qumtuproq, silikatlar, alyumosilikatlar, shisha, kimyoviy shisha, billur shisha, sitallar, portlandsement, klinker, mergel, beton, temir-beton, plastobeton, silikat sanoati. Mavzuga oid adabiyotlar. 1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001. 2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996. 3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992. 4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002. 5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002. 6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002. 4-Ma`ruza. Mavzu: Kislorod. Oltingugurt. Sulfat kislota. Reja. 1. Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari. 2. Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi. 3. Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi. 4. Oltingugurtning vodorodli va kislorodli birikmalari. 5. Sulfat kislota, olinishi, xossalari va ishlatilishi. Yangi darsning bayoni. 1. Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari. Kislorod guruhchasiga O, S, Se, Te va Po elementlari kiradi. Ular D. I. Mendeleyev davriy jadvali VI guruhining p-elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns2np4 elektronlar mavjud bo`ladi. Xalkogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida –2 oksidlanish darajasini, kislorod va boshqa faol metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida odatda +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Kislorod odatda –2 oksidlanish darajasini, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod guruhchasi elementlari vodorod bilan H2R kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar H2O, H2S, H2Se, H2Te bo`lib ular xalkovodorodlar deyiladi. S, Se va Te kislorod bilan RO2 va RO3 kabi oksidlarni hosil qiladi, ularga H2RO3 va H2RO4 kabi kislotalar muvofiq keladi. Oddiy moddalarning xossalari qonuniyat bilan o`zgarib boradi: yadro zaryadi ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi. Masalan, kislorod va tellur metallmaslar, lekin tellurning metall yaltiroqligi bor va elektrni o`tkazadi. 4. 1-jadval. Kislorod guruhchasi elementlarining xossalari.
Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling