1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi


Download 391.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana03.02.2023
Hajmi391.64 Kb.
#1150238
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
OTNA MA\'RUZA 2 KURS

Cifatlarning otlashishi 
Sifat turkumidagi so`zlar ba’zan ot turkumidagi so`zlarning ma’nosini ifodalab, 
uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o`zining leksik va grammatik 
ma’nosini yo`qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog`lanib 
kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, 
morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o`z ustiga oladi. Misol: YAxshi 
topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi (odam), yomon (odam) sifatlari 
tushib qolgan kim? so`rog`iga javob bo`lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot 
vazifasini bajargan. Odam oti gapda tushib qolgani tufayli yaxshi, yomon sifatlari 
otlashishgan. Bu hodisa gap tarkibida yuz bergan. Bunga nutqning ixchamlikka 
intilishi sabab bo`ladi. Sifatlarga oid so`zlarning hammasi ham otlashavermaydi. 
Asosan belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar, kishilarning laqabini bildiruvchi (tajang, 
maymoq, cho`tir, darroz) sifatlar, hayvonlarning tusini bildiruvchi (saman, to`riq, 
bo`z, qashqa) sifatlari otlashadi.
Otlashgan sifatlar aniqlovchilik vazifasidan chiqib, otga xos ega, kesim, 
to`ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifasini bajaradi. Misol: Aqlsizlar gap 
bermaydi otasiga. (A.Po`lat) Mard bo`lgandan keyin yomonni ham yaxshilik bilan 
engar ekan. (P.Kodirov) YAxshining so`zi qaymoq, yomonning so`zi to`qmoq. 
(Maqol) YAxshilar, uni eslang! 
Sifatlarning yasalishi 
Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo`shimchalar bilan. 2. So`zlarni 
qo`shish bilan. 3. So`zlarni takrorlash bilan. 1. Sifat yasovchi qo`shimchalar 
quyidagilardir: 
1) otdan sifat yasovchi qo`shimchalar
-li:
 
rasmli kitob, kuchli shamol 

-dor:
aybdor, vafodor
 
ba-:

Download 391.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling