1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi
Download 391.64 Kb. Pdf ko'rish
|
OTNA MA\'RUZA 2 KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
Sifat darajalari
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko`ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor: 1) oddiy daraja 2) qiyosiy daraja 3) orttirma daraja Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me’yorida ekanini ko`rsatadi va u maxsus ko`rsatkichga ega bo`lmaydi: go`zal tabiat, shirin qovun, keng hovli. 2) qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi. Qiyosiy daraja leksik-morfologik usul bilan hosil qilinadi. Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo`shish yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog`ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: SHu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko`rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so`z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O`shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o`rtadan ko`ra pastroq... xo`jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq belgini kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini o`rtadan ko`ra so`zlari ifodalayapti. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so`zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol achchiqroq. Fonetik usul. Unlilar cho`zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: baland, chuquur, tekkis kabi. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar. Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko`ra ikki xil bo`ladi: a) ozaytirma sifat; b) kuchaytirma sifat. Ozaytirma sifat o`zakdan anglashilgan belgining me’yoridan ozligini bildiradi. Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi: 1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo`shib ozaytirma sifat hosil qilinadi: ko`kish, qizg`ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo`shimchasi qo`shilgan ba’zi sifatlar o`zagida tovush o`zgarishlari sodir bo`ladi: sariq+ish- sarg`ish. Bu so`zda o`zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g` undoshiga almashgan. Qizil sifatiga -ish qo`shilishi bilan o`zakdagi –il tovushlari tushib, g` tovushi orttirilgan. Sifatlarga –gina, -kina, -qina affikslari qo`shilib, belgilarni kuchsizlantirish ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -q bilan tugagan sifatlarga -qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo`shiladi. Misol: tuzukkina, oriqqina, sariqqina, kattagina. 2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so`zlarini keltirish bilan belgi kamaytiriladi: och pushti, nimqizil. Kuchaytirma sifatlar o`zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi. Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi. A) Morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan: - Sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun - Sifatning birinchi bo`g`iniga –p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip- qizil. - Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k. - Sifatning birinchi bo`g`inidan keyin ppa shakli qo`shiladi: soppasog`, to`ppato`g`ri. b) Leksik usul. Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil qilinadi: katta-katta Qiyosiy darajadagi sifat oldida ma’noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana ham so`zlari kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana ham balandroq, yana jonliroq. 3) Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgiga nisbatan eng ko`p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli leksik usul bilan ifoda qilinadi. Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g`oyat, g`oyatda, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g`oyatda mehribon kabi. Leksik usulda ba’zan belgi bildiruvchi sifatlar o`rnida boshqa so`zlar ishlatilishi mumkin: zahar (garmdori), olov (sho`x). Leksik usul. Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil qilinadi: katta-katta, shirin-shirin. - sifat oldidan to`q, jiqqa, tim, g`irt kabi so`zlarni keltirish bilan: jiqqa ho`l, tim qora. - sifat oldidan so`z birikmalari va iboralarni qo`llash orqali: haddan ziyod (chiroyli), quling o`rgilsin (jonon). Morfologik usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan. Bunda: - sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi. - sifatni birinchi bo`g`inidagi p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip- qizil. - sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k. - sifatning birinchi bo`g`inidan keyin –ppa shakli qo`shiladi: soppa-sog`, to`ppa-to`g`ri. Download 391.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling