1-Ma’ruza: Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot. Otning leksik-grammatik xususiyatlari Dars rejasi
Download 391.64 Kb. Pdf ko'rish
|
OTNA MA\'RUZA 2 KURS
2. O`zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko`rsatish uchun
ishlatiladigan o`z so`zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o`z uyi, o`z ukasi. O`zlik olmoshi egalik qo`shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo`ladi: o`zim - men, o`zing - sen, o`zi - u. Bu olmosh kishilik olmoshlari bilan qo`llanganda, ularga ta’kid ma’nosini yuklaydi: men o`zim, sen o`zing. O`zlik olmoshi turlanganda kelishik qo`shimchalaridan oldin egalik qo`shimchalari bo`lishi shart: o`ziga, o`zingdan va b. O`z olmoshi belgisiz kelishik ko`rinishida qo`llanishi mumkin: O`z uying – o`zingning uying. 3. Ko`rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko`rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o`sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu (ko`tarinki, tantanali ma’no ifodalaydi). Ko`rsatish olmoshlari oldingi gap, gap ichidagi ma’lum bir so`z yoki so`z birikmasi o`rnida qo`llanadi va ularga ishora qiladi yoxud biror-bir so`zni aniqlab keladi. So`z ma’nosini aniqlab keluvchi bunday olmoshlar aniqlanayotgan so`zdan oldin keladi: o`sha odam. Kishilik olmoshi u bilan ko`rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so`rog`iga (U keldi), ko`rsatish olmoshi u esa qaysi? so`rog`iga javob bo`ladi (U kishi keldi). U, bu, shu, o`sha olmoshlari jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo`shimchalari qo`shilganda, qo`shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o`shanday, uncha, shunaqa, o`shandek. U, bu olmoshlari juftlanib har xil narsa va shaxs, unaqa-bunaqa tarzida belgining ortiqligi, uncha-muncha tarzida oz miqdor ma’nolarini ifodalaydi. Ko`rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to`ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o`qiydi) bo`lib ham kela oladi. Download 391.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling